Home / МАҚОЛАЛАР / “INNAMAL A’MALU BIN NIYYATI”

“INNAMAL A’MALU BIN NIYYATI”

Imom Buxoriy bobomizning “Al Jome as sahih” kitobining eng birinchi hadisi shu hadis bilan boshlangan: “Innamal a’malu bin niyyati” ya’ni, “Barcha amallar niyatga bog’liq”.

Turkiyaning Bursa shahrida Sulton Boyazid tomonidan bunyod qilingan Ulu Camii (Katta markaziy masjid) asrlar osha musulmonlarga xizmat qilib kelmoqda. Ammo bu masjidning juda qiziq tarixi va oddiy masjidlarga xos bo’lmagan ichki ko’rinishi haqida ajoyib tarixchasi bor. Sulton Boyazid u paytda yunonlar nazoratida bo’lgan Bursa shahrini olish uchun jang qiladi va “Bu shaharni ololsam u yerda 20 ta masjid quraman” deb so’z beradi. Xudoning inoyati bilan shaharni qo’lga kiritadi va o’z niyatini amalga oshirish uchun harakatini boshlaydi. Sultonning bu niyatini bilgan va u bilan birga yurgan shayxulislom Sultonga shunday maslahat beradi: “Sultonim Siz bu shaharni olib, o’z niyatingizga yetdingiz. Bu yerga yigirmata masjid qurishni ham niyat qilgansiz. Ammo menda bir taklif bor izn bersangiz aytay” deganda. Sulton uning taklifini ma’qul ko’rgan. Bu taklif 20 ta masjid o’rniga 20 ta qubbali katta bir masjid qurish taklifi edi. Sulton va uning arkonlari masjid qurishga munosib joy topish uchun shaharni aylanishib, bir joyni ma’qul ko’rishadi. Bu yerda yashayotgan odamlarning uylarini ularning roziligi bilan sotib olishadi ammo bir arman kampir o’z uyini sotishni istamaydi. Bu ayolga o’z uyining 5 barobariga qimmat narxini aytishsa ham ko’nmaydi. Oxir oqibat u bir shart bilan uyini sotishga rozi bo’ladi. Armani kampir sultonga shunday shart qo’yadi. “Mayli, men uyimni sotaman lekin mening uyimning joyida musulmonlar namoz o’qishini istamayman”. Sulton uning bu shartiga rozi bo’lib, uning uyini sotib oladi. Masjid qurilishi jadallik bilan boshlanib ketadi. Sulton esa quruvchilarga shunday shart qo’yadi. “Bu joy egasining aytgan talabini bajaring va gapini yerda qoldirmang”. Chunki men va’da berdim. Hadislarda “Va’daga xilof ish tutish munofiqlikdur” deyilgan dedi. Masjidni qurayotgan ustalar masjid ichida qolgan arman kampirning uyining joyiga go’zal bir hovuz qurishadi va sultonning amrini ham bajarishadi. Sulton Boyazidning Islomdan chiqmagan holda qilgan adolati haligacha o’z o’rnida. Bursadagi bu masjid hali ham musulmonlar uchun xizmat qilmoqda. Uning o’rtasidagi hovuz esa kelgan ziyoratchilarga tahorat olish va salqinlash uchun xizmat qilmoqda. Masjid o’rtasida bunyod qilingan hovuz masjid go’zalligiga go’zallik qo’shib turibdi. Sulton Boyazidning 1390 yil oldin Islom shartlarining eng go’zal fazilatlaridan biri so’zda turish farmoni ham hamon amalda.

Fazliddin Madiev,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Ilmiy xodimi

Check Also

ЎЗИНГИЗНИ ҚАТЪИЯТЛИ БЎЛИШГА ТАЙЁРЛАНГ!

(Бир ҳадис шарҳи) Динимиз инсон шахсиятини шакллантиришда ақлга таяниш, одамларга кўр-кўрона тақлид қилмаслик, ҳар бир …