XOJA MUHAMMAD PORSONING KALOM ILMIGA QOʻSHGAN HISSASI

Bugungi kunda Islom dinining asosiy oqimi – ahli sunna val jamoaning ikki yirik maktabi vakillari – ashʼariylar va moturidiylar dunyo musulmonlarining aksar qismini tashkil etadi. Bu ikki aqida gʻoyalarini keng targʻib qilishda, ilmiy asoslari bayon qilingan asar yozishda oʻtgan olimlar xizmati beqiyosdir. Zero, ularning fidokorona mehnatisiz ushbu aqida maktablari keng …

Батафсил

BEHBUDIY VA UNING DAVLATCHILIK GʻOYASI

Mahmudxoʻja Behbudiy XX asr boʻsagʻasida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy harakatning eng yirik namoyandasi, yangi davr oʻzbek madaniyati asoschisidir. Turkiston jadidlari peshvosi, mustaqil respublika gʻoyasi tashabbuskorlaridan biri, yangi maktab nazariyotchisi va amaliyotchisi, oʻzbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrga asos solgan shaxs, noshir va jurnalist. U tariximizning gʻoyat ogʻir va murakkab davrida yashadi. …

Батафсил

Hamkorlikka ehtiyoj katta

Mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Italiyaning «CORIES» islomiy diniy jamiyati vitse-prezidenti, Milan shahridagi Al-Vohid masjidi imomi Yahyo Serjio Pallavichini boshchiligidagi delegatsiya 8-iyul kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov kutib oldi. Delegatsiya aʼzolari dastlab Markaz muzeyi va kutubxona ishi bilan tanishdi. Eksponatlar va kitoblar fondi …

Батафсил

ABU RAYHON BERUNIY ASARLARIDA EʼTIQOD MASALASI

Buyuk qomusiy olim va mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (970-1048) ilk musulmon uygʻonish davrining eng mashhur namoyandasidir. Beruniyning tugʻilib oʻsgan davri ayni Movarounnahr va Xorazmda islom dini keng tarqalib, mahalliy aholi yangi ilohiy dinni toʻliq anglab yetgan paytga toʻgʻri keldi. Alloma oʻsha davr Xorazmning markaz shaharlaridan biri Kot shahrida hijriy 362-yil …

Батафсил

Jonli efirda – Markaz faoliyati tahlili

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining joriy yil 6 oylik faoliyat yakunlari va yilning II yarmidagi rejalariga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Milliy matbuot markazi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi rahbariyati hamda respublika OAV xodimlari ishtirok etdi. …

Батафсил

Yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish moʻminlik sifatidandir

Moʻmin deb – Alloh taologa, Uning farishtalariga, kitoblariga, Paygʻambarlariga, oxirat kuniga, taqdirga, yaxshilik va yomonlik Allohdan ekaniga hamda vafotidan soʻng qayta tirilishga imon keltirgan kishiga aytiladi. Haq taolo oʻz kalomida moʻminlarni bir qancha sifatlar bilan vasf qilib, bunday insonlarning oxiratdagi darajasi yuqori va goʻzal boʻlishi xabarini bergan. Shunday ekan, moʻmin …

Батафсил