AMIR TЕMUR VA TЕMURIYLAR DAVRIDA BUXORO VOHASIDA HUNARMANDLIK TARAQQIYOTI XUSUSIDA

Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr siyosiy-iqtisodiy, madaniy jihatdan gullab-yashnadi. Mamlakat rivoji va xalq farovonligi uchun Amir Temur hunarmandlik va savdo-sotiq ishlariga, ayniqsa, katta ahamiyat qaratgandi. Aynan hunarmandlar va savdo ahlining qoʻllab-quvvatlashlari Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishida muhim omil boʻlib xizmat qilgan. Sohibqiron siyosatini uning avlodlari ham davom ettirib, Samarqand, …

Батафсил

OʻZBЕK TILIDAGI “TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARI TAQDIMOTI ANDIJON VILOYATIDA

Respublikamiz viloyatlarida boʻlgani kabi Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tarjima qilinib nashr etilgan 30-juzi taqdimoti Andijon viloyatida ham oʻtkazildi. Mazkur viloyatda joylashgan “Sayyid Muhyiddin Maxdum” oʻrta-maxsus islom bilim yurti oʻqituvchi va talabalari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili va viloyatdagi faol imom-xatiblar ishtirok etgan …

Батафсил

“TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARINING OʻZBЕK TILIDAGI NASHRI NAMANGAN VILOYATIDA TAQDIMOT QILINDI

Shu kunlarda respublikamiz viloyatlarida buyuk alloma Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan 30-juzi taqdimoti tadbirlari oʻtkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Namangan viloyatida boʻlib oʻtdi. Unda Namandagi “Hidoya” oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchi va talabalari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyatidagi vakili va …

Батафсил

QURʼONI KARIM TILIDA IFODA USLUBLARINING BOYLIGI (2-qism)

(1-qism) Qurʼoni karimda tamsillarni tashbeh usulida keltirish ham uning xususiyatlaridan biri boʻlgan va arablarni lol qoldirgan. Chunki, tamsiliy tashbehda hodisa ham, ifoda ham ochiq-oydin koʻrinib turadi va uni eshitgan odam gap nima haqda ketayotganini darrov toʻlaligicha fahmlaydi. Masalan: مَثَلُ الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنْبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ …

Батафсил

FAN TARAQQIYOTIDA MOVAROUNNAHRLIK ULAMOLARNING OʻRNI (7-qism)

Abdurahmon Jomiy (1414-1492). Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad – fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiyning ota-bobolari asli Dashtdan boʻlib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirgan. Jomiy madrasa yoshidan ancha erta Hirotdagi “Dilkash” (Navoiy maʼlumotiga koʻra, “Nizomiya”) madrasasiga kirib, oʻz davrining taniqli til, adabiyot olimlari va mudarrislari qoʻlidaa tahsil olgan. Keyinroq bilimini …

Батафсил

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz. Bu galgi seminarda Blumingtondagi Indiana universiteti (AQSH) Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari kafedrasi professori Devin Devizning “Najmiddin Kubro …

Батафсил

IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI MALAYZIYALIK ILM AHLI VAKILLARI MЕZBONI BOʻLDI

Bugun, 25 oktyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga shu kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Malayziya Milliy universiteti qoshidagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, professor Fariza Binti Sham, Malayya universiteti rektori, professor Mohd Hamdi Abd Shukor hamda Malayziya bola huquqlari boʻyicha vakili Nur Azia Mohd Aval tashrif buyurdi. Yuksak martabali mehmonlar …

Батафсил

BMTning 50 yillik bayrami

“Ey imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta u sizlarga aniq dushmandir”. Qurʼoni Karim Baqara surasi 208 oyat. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) – Yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning va millatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yil 24 oktyabrda fashizm ustidan gʻalaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashish asosida tuzilgan eng yirik xalqaro …

Батафсил