MOVAROUNNAHR – ILM OʻCHOGʻI VA BUYUK ALLOMALAR YURTI

Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda “Al-Furqon” Islom merosi fondi hamkorligida “Oʻzbekistonning “Umumjaxon Islom qoʻlyozmalari tadqiqoti”da bayon etilgan boy ilmiy merosi” mavzusida onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan ilmiy muassasalar vakillari, soha …

Батафсил

PAYGʻAMBARIMIZ MAQTAGAN SOHA

Yaxshiga qilsang yaxshilik – ham aytadi, ham qaytadi…”  Bismillahir Rohmanir Rohiym! Mehribon Yaratgan Parvardigorimiz Alloh taboraka va taologa beadad hamdu sanolar, Hazrati Paygʻambarimiz Janobi Muhammad Mustafo Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga behisob salavotu salomlarimiz boʻlsin! Baxtli, saodatli yashash, chinakam maʼmur hayot kechirish – har bir inson orzusi. Dunyoda baxtu saodatni, maʼmurchilik va …

Батафсил

“VATAN HIMOYASI – MUQADDAS BURCH”

Jonajon vatanimiz tinchligi, osoyishtaligi va farzandlarimizning oʻsib-ulgʻayib, komil inson boʻlib voyaga yetishishlarida, shubhasiz, yurtimiz sarhadlarini himoya qilayotgan va tinchlik-osoyishtalikni taʼminlayotgan Vatan himoyachilarining oʻrni beqiyosdir. Azaldan yurtimizda vatan himoyasi muqaddas burch sanalgan. Yurt posbonlarining tashvish va bedorliklari xalq orasida doim ulugʻlangan. Bu milliy va diniy qadriyatlarimizda ham oʻz ifodasini topgan. Shu …

Батафсил

BAHOUDDIN VALADNING HAYOTI, FALSAFIY TAʼLIMOTI VA ILMIY MЕROSI

Insoniyatning maʼnaviy qiyofasini yuksaltirish va axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda falsafa fanining oʻrni beqiyosdir. Xususan, falsafiy tafakkur tarixi tizimida oʻziga xos oʻringa ega boʻlgan, durdona asarlari bilan diniy va dunyoviy ilmlar taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan Sharq allomalarining bebaho maʼnaviy merosini butun dunyo tan olib, yuksak eʼtirof etmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti taʼkidlaganidek: “Islom olami …

Батафсил

Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026 yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Hadis ilmi maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda professor oʻqituvchilar, tadqiqotchilar …

Батафсил

AHILLIK VA HAMJIHATLIK – OSUDA HAYOT, FAROVON TURMUSH POYDЕVORI

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Islom dini insonlarni doimo ahil-inoq, tinch-totuv va hamjihat boʻlib hayot kechirishga chaqiradi. Tarixdan maʼlumki, mana shunday fazilatlarga amal qilib yashagan kishilar doimo baxtu saodatga erishgan. Alloh taologa shukrki, yurtimizda qoʻlga kiritilayotgan barcha yutuqlar, muvaffaqiyatlar zamirida jamiyatimizdagi ittifoqlik, hukm surayotgan tinchlik mujassam, albatta. Barcha zamonlarda davlatning rivojlanishi tinch-osoyishta …

Батафсил

IMOM BUXORIYNING “AL-JOMEʼ AS-SAHIH” ASARIDA KЕLGAN SULOSIYOT RIVOYATLARI TAHLILI

Sulosiyot deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan musannifgacha uchta roviy vositasida yetib kelgan rivoyatlar toʻplamiga aytiladi. Imom Buxoriy (194-256/810-870) oʻzining “Sahihul Buxoriy” toʻplamida yigirma ikkita sulosiy rivoyatni naql qilib keltirgan. Ulardan oʻn bittasini Abu Hanifaning xos shogirdi Makkiy ibn Ibrohimdan, oltitasini Abu Hanifaning boshqa shogirdi Abu Osim Nabiyl Zahhok ibn Mixladdan, uchtasini …

Батафсил

“MOTURIDIYLIK TAʼLIMOTI VA HOZIRGI ZAMON” MAVZUSIDA II XALQARO ONLAYN ILMIY-AMALIY SIMPOZIUM AXBOROT XATI

Hurmatli olimlar va mutaxassislar! Sizlarni  2022 yil may oyida boʻlib oʻtadigan “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzuidagi II xalqaro onlayn ilmiy-amaliy simpoziumda ishtirok etish uchun taklif etamiz. Simpoziumda islomshunoslik va moturidiyshunoslik sohalariga oid keng qamrovli masalalar muhokama qilinadi. Simpoziumning asosiy yoʻnalishlari: Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosi; moturidiylik taʼlimoti va …

Батафсил

DIQQAT, EʼLON!

Sizni Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” Islom merosi fondi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonning “Umumjahon Islom qoʻlyozmalari tadqiqoti”da bayon etilgan boy ilmiy merosi” mavzuida oʻtkaziladigan onlayn seminarga taklif etamiz. Seminarda Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” Islom merosi fondi boshqaruvchi direktori Dr. Sali Shahsivari oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etadi. …

Батафсил

“SAHIHUL BUXORIY”NING HADIS TOʻPLAMLARI ORASIDAGI OʻRNI

Ilm-fan va jahon tamadduni rivojida oʻchmas iz qoldirgan muhaddislar oʻz asarlarida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning hadislari, sahobalarning soʻz va amallari va hatto tobeinlarning fatvolarini jamlagan. Hadis ilmiga oid manbalarning koʻpayib borishi natijasida muhaddislar ularni mavzui, yozilish uslubi, sohasi va boshqa jihatlariga eʼtiboran guruhlarga ajratib chiqqan. Avval musnad uslubidagi hadis toʻplamlari …

Батафсил