Hadis ilmi maktabida yangi 2022-2023 oʻquv yili boshlandi

Aytish joizki, soʻnggi yillarda yurtimizda Mustaqillik bayrami tantanalarini muayyan bir gʻoya, ezgu harakat ostida nishonlash anʼanasi xalqimiz hayotining maʼnaviy yuksalishida oʻziga xos zamin boʻlib xizmat qilmoqda. Albatta, bundayin ezgu gʻoyalar mamlakat aholisining istiqlol yillaridagi hayoti, turmush tarzi, erishgan yutuqlari va erishajak maqsadlarini sarhisob qilishga undaydi. Hadis ilmi maktabida bugun 5 …

Батафсил

XVI ASRDA BUXORODA ILMIY FAOLIYAT OLIB BORGAN XORIJLIK BЕSh NAFAR OLIM

 Shayboniylar (1500-1599) davri ilm-maʼrifat va madaniyatda temuriylar (1370-1500) davomchilari boʻlib, ular davrida ham Buxoro va, aytish mumkinki, Movarounnahr diyori butun islom olamida oʻz shon-shuhratini yoʻqotmagan edi. Masalan, Buxoroda XVI asrda paydo boʻlgan va ilmiy faoliyat yurita boshlaganiga bugun 500 yil boʻlgan “Mir Arab” madrasasi ilk davridanoq butun islom olamida shuhrat …

Батафсил

31 MINGDAN 31 TA FAKT YOXUD ISTIQLOL YILLARIDAGI ISHLARNING DЕNGIZDAN TOMCHISI

“Xalqimizning ulugʻvor qudrati joʻsh urgan Hozirgi zamonda Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat boʻladi. Chunki bugungi Oʻzbekiston – kechagi Oʻzbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas.” Sh.M. MIRZIYOYEV Bugun shu aziz Vatanning har bir farzandining yuragi hapqirib turibdi. Negaki, biz eng ulugʻ, …

Батафсил

XALQIMIZNING ENG BUYUK TARIXIY GʻALABASI

Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan 1991 yil 31 avgustda qoʻlga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi koʻp ming yillik tariximizdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar oʻtgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqeadir. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish …

Батафсил

“YANGI OʻZBЕKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ!”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mamlakatimiz Mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlab “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari ishtirok etgan ushbu anjumanda direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev yigʻilganlarni qutlugʻ ayyom bilan qizgʻin tabriklab, bu yilgi Mustaqillik bayrami uchun “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, …

Батафсил

ABU MANSUR MOTURIDIY BUYUK ARABSHUNOS OLIM SIFATIDA

Maʼlumki, Qurʼoni karim arab tilida nozil boʻlgan. Boshqa tillar qatori uning ham oʻziga xos qonun-qoida va uslublari mavjud. Islom dini vujudga kelgan ilk davrdan boshlab, ulamolar bu tilni oʻrganishga qattiq eʼtibor berganlar. Chunki usiz islomning ikki asosiy manbasi boʻlmish Qurʼoni karim va hadisi shariflarning mazmun-mohiyati va maqsadini anglab yetish imkonsiz. …

Батафсил

XALQARO STIPЕNDIYA SOVRINDORI ILMIY ISHI TAQDIMOTINI OʻTKAZDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyasi sovrindori Nurul Hafizah Muhammad Nur Markazda olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarining dastlabki natijalari taqdimotini oʻtkazdi. Taqdimot avvalida Malayziya islom sivilizatsiyasi instituti dotsenti Markazda yaratilgan sharoit hamda ilmiy izlanishlar davomida rahbariyat va ilmiy xodimlar tomonidan koʻrsatilayotgan amaliy yordam uchun minnatdorchilik izhor qilib, …

Батафсил

Oʻzbekiston – Saudiya Arabistoni: qadim aloqalar va mushtarak qadriyatlar

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston hamda Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochildi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalar, muntazamlik kasb etayotgan uchrashuvlar, samimiy muloqotlar oʻzaro hamkorlik rivojiga katta turtki bermoqda. Aslida ham, Oʻzbekiston va Saudiya xalqlari oʻrtasidagi ilmiy-madaniy aloqalar uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Imom Buxoriy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Iso Termiziy, Hakim Termiziy, …

Батафсил

IMOM BUXORIY MAJMUASI MAʼNAVIYAT VA ILM MASKANI BOʻLADI

Davlatimiz rahbari 23-24 avgust kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida har galgidek Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, muhaddislar sultonining qabrini ziyorat qildi. Ayni paytda bu qutlugʻ ziyoratgoh Prezidentimiz tashabbusi bilan buyuk muhaddis bobomizning musulmon olamidagi yuksak hurmatiga munosib tarzda qayta qurilmoqda. Davlatimiz rahbari ushbu jarayonlar bilan tanishib, “Bu loyihani koʻp muhokama …

Батафсил