HAMKORLIK OʻRNATISHGA KЕLISHILDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Saudiya Arabistonida joylashgan Podshoh Faysal nomidagi tadqiqot va islomshunoslik markazi vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov, direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev, boʻlim boshligʻi Barot Amonov, Podshoh Faysal nomidagi tadqiqot va islomshunoslik markazi bosh kotibining ilmiy ishlar boʻyicha …

Батафсил

SUNNATNI INKOR ETUVCHI QURʼONIYLARNING SHARʼIY HUKMI

Hali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qabrlari sovumay turib, bu dinda turli-tuman firqalar paydo boʻlgani, afsuski, ayni haqiqat. Ular sovunning koʻpigi kabi bir paydo boʻlib, soʻng yoʻqolib ketgan boʻlsa-da, buzuq gʻoyalari qisman yoki toʻligʻicha saqlanib qoldi. Hatto bugungi kunda ham ularning yangidan yangilari oʻrtaga chiqib, oʻzining buzuq gʻoya va botil …

Батафсил

“SAHIHUL BUXORIY” NING PODSHOH ABDULAZIZ KUTUBXONASIDAGI NUSXASI

Ushbu kutubxona 1987 yili Podshoh Abdulloh ibn Abdulaziz Ol Saud tomonidan xayriya maqsadida ochilgan. Kutubxona Saudiya Arabistoni Podshohligi tarixi va ayniqsa Podshoh Abdulazizning hayot yoʻlini  hujjatlashtirishga alohida eʼtibor qaratadi. Ushbu kutubxonani bunyod etishdan koʻzlangan maqsad keng jamoatchilikni bilim manbalari bilan taʼminlash, qoʻlyozma asarlar va zamonaviy nashrlardan foydalanishni osonlashtirish, tadqiqotchi, olim …

Батафсил

MARKAZ ILMIY XODIMI DISSЕRTATSIYA YOQLADI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Barot Amonov Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi kengashning navbatdagi yigʻilishida Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligidan tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.   Markaz jamoasi ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi boshligʻi Barot …

Батафсил

IMOM BUXORIYNING “TOʻRTLIK”LARI (2-qism)

Alloh sizga rahmatini yogʻdirsin, oʻzingiz zikr qilgan toʻrtliklarni menga tafsir qilib bergaysiz, – deb soʻradim. Ul zot: – “Ha, mayli. Hadis ilmi tolibi tomonidan bitilishga ehtiyoj boʻlgan toʻrt narsa quyidagilardan iborat: 1) Hadis ilmi tolibi toʻrt narsani yozib bormogʻi: – Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning axborlari va shariat ahkomlari; – sahobalar va …

Батафсил

IMOM BUXORIYNING “TOʻRTLIK”LARI (1-qism)

Imom Buxoriyning shogirdlariga aytgan vasiyati “Ruboiyotul Buxoriy – Buxoriy toʻrtliklari” nomi bilan tanilgan. Bu toʻrtliklarning har birida toʻrtta nasihat va koʻrsatma mavjud boʻlib, hadis oʻrganuvchining zimmasiga nechogʻlik katta masʼuliyat tushishini koʻrsatib beradi. Shuningdek, bu “toʻrtliklar” hadislarni oʻrganish va qabul qilinishdagi talablarni oʻzida mujassam etgan boʻlib, ular zamirida Imom Buxoriyning hadislarni …

Батафсил

ABU BAKR AHAVAYNIY – MOHIR JARROH VA FAYLASUF

Abu Bakr Ahavayniy – Somoniylar davrida yashagan faylasuf va tibbiyot olimi. Buxoroda tabiblar oilasida tugʻilgan. Farorudiydagi (Movarounnahrning qadimgi shaharlaridan biri) mashhur hakimning nabirasi boʻlgan. Toʻliq ismi Abu Bakr Rabiʼ ibn Ahmad Ahavayniy Buxoriy. Abu Hakim, Abu Bakr nomlari bilan mashhur boʻlgan. Alloma baʼzi manbalarda “Ajviniy” nisbasi bilan ham kelgan. Yoshligidan tib, mantiq …

Батафсил

MЕHMONNI EʼZOZLASH HAM FAZILAT

Oʻzbek xalqining azaliy axloqiy qadriyatlaridan biri mehmonnavozlikdir. Islom dini kelib, bu fazilatli ishga koʻrk qoʻshdi. Kelgan inson Alloh taoloning mehmoni hisoblanib, tashrifi uchun savob va muayyan darajaga erishadi. U izzat-ikrom, yaxshilik va taqdirlanishga loyiqdir. Chunki mehmon mezbonning xonadoniga baraka olib kiradi, uning gunohini ketkazadi va ziyofat savobiga erishtiradi.  Mehmonni eʼzozlash, …

Батафсил

MARKAZ FAOLIYATI TAHLILI – JONLI EFIRDA

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining joriy yil 6 oylik faoliyati yakunlari va II yarmidagi rejalariga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Milliy matbuot markazi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Direktor Shovosil Ziyodov …

Батафсил

HAQIQIY MOʻMIN OʻZI YAXSHI KOʻRGAN NARSANI BOSHQALARGA HAM RAVO KOʻRADI

Bir hadis sharhi Imom Buxoriyning shoh asari boʻlmish “Sahihul Buxoriy” toʻplamidagi hadislar hayotning barcha jabhalarini qamrab oladi. Oʻzi yaxshi koʻrgan narsani doʻstiga ham ravo koʻrish haqidagi rivoyatlar shular jumlasidandir. Ulamolar shunday hadisi shariflardan birini qanday sharhlagani va unda bayon etilgan haqiqiy moʻminga tegishli masalalarni koʻrib chiqsak. Anas roziyallohu anhudan rivoyat …

Батафсил