Targʻibotchilar – Jomboy va Bulungʻurda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlaridan iborat targʻibot guruhlari 17 avgust kuni Samarqand viloyatining Jomboy va Bulungʻur tumanlarida ishladi. “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida Jomboydagi “Qangʻli” MFYda oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi Qayum Sobirov ham ishtirok etib, jaholatga yoʻgʻrilgan axborot xurujlari, ulardan koʻzlangan asosiy maqsadlar va yoshlarni bu kabi tahdidlardan …

Батафсил

Samarqand viloyatida targʻibot tadbirlari boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida Samarqand viloyati boʻylab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni boshladi. Markaz ilmiy xodimlaridan iborat targʻibot guruhlari kunning birinchi yarmida Oqdaryo tumanida boʻlib, “Yangiqoʻrgʻon”, “Dahbet”, “Bozorjoy”, “Galaravot”, “Loyish”, “Oqdaryo”, “Yangihayot” MFYlarida uchrashuvlar oʻtkazdi.     Mahalla faollari, nuroniylar …

Батафсил

BIZ SUVNI QANDAY ICHAMIZ?

Islomda ovqatlanishda boʻlgani kabi suv ichishda ham bir qancha odoblar  joriy qilingan. Bunda, albatta, faqat foydani koʻzlash va zararni qaytarish maqsad qilingan. Bu odoblar hozirgi gigiyena qoidalariga mos kelib, ularga rioya etilsa, inson suv ichib rohatlanadi va salomatligini mustahkamlaydi. Qurʼoni karimda Alloh taolo jannat taomlaridan yeguvchi va ichuvchi saodatmand bandalarni …

Батафсил

Yangi avlod tahdidlarga qarshi tura olishi kerak

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida Samarqand garnizoniga qarashli harbiy qism va muassasalardagi xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun “Shukronalik” uchrashuvi tashkil etildi. Unda soʻzga chiqqanlar yurtga sadoqat, fidoyilik tuygʻusi vatanparvarlikning oliy nishonasi ekani, maʼnaviyatga qarshi qaratilgan jaholat gʻaflatga, loqaydlik esa …

Батафсил

ASR SURASIDA SIFATLANGAN INSONLAR KIMLAR? (Abu Hafs Nasafiyning “At-Taysir fit tafsir” asari asosida tayyorlandi).

Qurʼoni karimning bir yuz uchinchi surasi uch oyatdan iborat boʻlsa-da, ulkan maʼnoni qamrab oladi. Unda baʼzi toifalar qiyomatda hasrat-nadomatda boʻlishi, solih amallarda bardavom boʻlganlarni  Alloh taolo sabr bilan sinashi xabar qilingan. Ubay ibn Kaʼb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Asr surasini oʻqisa, Alloh unga sabr bilan xotima …

Батафсил

OVQATLANISH ODOBI

Islom dini inson hayotidagi har bir ishga ahamiyat qaratgan. Shulardan biri ovqatlanish odobidir. Buning eng oliysi  neʼmatga shukr qilish hisoblanadi.  Alloh taolo bu dunyoda insonni turli xil halol taom va ichimliklar bilan rizqlantirgan. Bu rizqlarning doimiy va ziyoda boʻlishi uchun Razzoqqa (rizq beruvchiga) shukr qilish bandalik burchi hisoblanadi. Alloh taolo …

Батафсил

HAMKORLIK OʻRNATISHGA KЕLISHILDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Saudiya Arabistonida joylashgan Podshoh Faysal nomidagi tadqiqot va islomshunoslik markazi vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov, direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev, boʻlim boshligʻi Barot Amonov, Podshoh Faysal nomidagi tadqiqot va islomshunoslik markazi bosh kotibining ilmiy ishlar boʻyicha …

Батафсил

SUNNATNI INKOR ETUVCHI QURʼONIYLARNING SHARʼIY HUKMI

Hali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qabrlari sovumay turib, bu dinda turli-tuman firqalar paydo boʻlgani, afsuski, ayni haqiqat. Ular sovunning koʻpigi kabi bir paydo boʻlib, soʻng yoʻqolib ketgan boʻlsa-da, buzuq gʻoyalari qisman yoki toʻligʻicha saqlanib qoldi. Hatto bugungi kunda ham ularning yangidan yangilari oʻrtaga chiqib, oʻzining buzuq gʻoya va botil …

Батафсил

“SAHIHUL BUXORIY” NING PODSHOH ABDULAZIZ KUTUBXONASIDAGI NUSXASI

Ushbu kutubxona 1987 yili Podshoh Abdulloh ibn Abdulaziz Ol Saud tomonidan xayriya maqsadida ochilgan. Kutubxona Saudiya Arabistoni Podshohligi tarixi va ayniqsa Podshoh Abdulazizning hayot yoʻlini  hujjatlashtirishga alohida eʼtibor qaratadi. Ushbu kutubxonani bunyod etishdan koʻzlangan maqsad keng jamoatchilikni bilim manbalari bilan taʼminlash, qoʻlyozma asarlar va zamonaviy nashrlardan foydalanishni osonlashtirish, tadqiqotchi, olim …

Батафсил

MARKAZ ILMIY XODIMI DISSЕRTATSIYA YOQLADI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Barot Amonov Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi kengashning navbatdagi yigʻilishida Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligidan tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.   Markaz jamoasi ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi boshligʻi Barot …

Батафсил