Islom manbalarida haj va umra qiluvchilarga koʻmak bergan, uning ogʻirini yengil qilgan kishiga katta ajru savoblar borligi bayon etilgan. Ayni kunlarda ziyoratchilar ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun qulay shart-sharoitlarni hozirlash ishlari Saudiya Arabistonidagi hamkor shirkat tomonidan yakuniga yetkazildi. Avval, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari koʻp yillik tajriba …
БатафсилALOUDDIN USMANDIY – MOTURIDIYLIK MAKTABI DAVOMCHISI
Moturidiylik Imom Abu Hanifa qarashlarining Abu Mansur Moturidiy (vaf. 333/944 y.) tomonidan rivojlantirilib, tizimlashtirilgan va asos solingan aqidaviy mazhabdir. Bunga koʻra, moturidiylik va hanafiylik oʻrtasida juda yaqin aloqa mavjud. Shu bilan birga moturidiylikning asosi hanafiylik ekani borasida ulamolar yakdil fikrdalar. VIII asr boshidan eʼtiboran hanafiylik Xuroson, ayniqsa, Samarqanddan tortib Movarounnahrning barcha …
БатафсилUmra ziyoratchilari uchun muhim eslatma!
Aziz ziyoratchilar! Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan karantin talablariga koʻra, Masjidi Nabaviy ziyorati va Umra tadbirini amalga oshirish “Tawakkalna” va “Eatmarna” mobil dasturlari orqali amalga oshirilmoqda. Shunga koʻra, Sizlardan, safardan oldin ushbu mobil ilovalarni quyidagi havolalar orqali smartfon telefoningizga yuklab olishingizni soʻraymiz: Havolalar: “Andriod” dasturi uchun: Tawakkalna: https://play.google.com/store/apps/details?id=sa.gov.nic.tawakkalna&hl=ru&gl=US Eatmarna: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.sejel.eatamrna&hl=en_US&gl=US …
БатафсилABU BARAKOT NASAFIYNING HANAFIY FIQHI RIVOJIGA QOʻSHGAN HISSASI
Mustaqillikka erishganimizdan keyin yurtimizda koʻplab sohalarda islohotlar oʻtkazildi. Ajdodlarimizdan qolgan buyuk merosni oʻqib-oʻrganish, ilmiy tahlil qilish, muqaddas qadamjolarni qayta tiklash kabi ezgu maqsadlar ila qilinayotgan ishlarning sanogʻiga yetish qiyin. Ana shunday ezgu va xayrli ishlardan biri Markaziy Osiyoning buyuk allomalaridan biri hisoblangan vatandoshimiz Hofiziddin Abu Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn …
БатафсилMARKAZ ILMIY XODIMLARI TURKIYADA AMALIYOT OʻTAMOQDA
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimining 3 nafar ilmiy xodimi Turkiya Respublikasiga ilmiy safarga joʻnab ketdi. Safar Turkiya universitetlari va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish yuzasidan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha imzolangan “Yoʻl xaritasi” ijrosi doirasida uyushtirilgan boʻlib, bir oy muddatga moʻljallangan. Safarning …
БатафсилAHMAD ZIYOUDDIN KUMUSHXONAVIY – BAGʻRIKЕNGLIK TIMSOLI
Bagʻrikenglik oʻzgalarning xulq-atvori, turmush tarzi, fikr-mulohazalari, gap-soʻzlari, his-tuygʻulari, eʼtiqodi, harakatlariga nisbatan sabr-toqatli, chidamli boʻlishni anglatadi. Lugʻatlarda bagʻrikenglik “tolerantlik” (lot.: “tolegaptio” – matonat-chidam, sabr-toqat) tushunchasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Bagʻrikenglik – oʻzgalarga nisbatan mehr-muruvvatli, gʻamxoʻr, saxiy, keng feʼlli boʻlgan maʼnaviy fazilatlarga ega kishilarni ifodalovchi tushunchadir. Rossiyada chop qilingan sotsiologik lugʻatda tolerantlikka quyidagicha …
БатафсилImom Buxoriy saboqlari: “HADYA BЕRISH VA OLISH ODOBI”
TAS-IX DA
БатафсилEMLANISH KASALLIKDAN SAQLANISHNING MUHIM CHORASI
Bismillahir Rohmanir Rohim. Alloh taoloning bandalariga bergan behisob neʼmatlari ichida eng ulugʻi, bu — sihat-salomatlik. Shu bois, bu bebaho neʼmatning qadri nechogʻliq ulugʻ ekani haqida Hazrati Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam biz, ummatlarini ogohlantirib shunday marhamat qilganlar: “Ikki neʼmat borki, koʻpchilik odamlar uning qadriga yetmay aldanib qolganlar. U ikkisi — sihat-salomatlik va …
БатафсилBUZGʻUNCHI OQIMLARNING SOXTA DAʼVOLARIGA RADDIYALAR
Takfir Bu ibora arabcha “kufr” soʻzi oʻzagidan olingan. Lugʻatda “inkor qilish”, “yopish”, “kafforat berish” kabi maʼnolarni anglatadi. Istilohda esa moʻmin kishini asossiz sabablar bilan kofirga chiqarish demakdir. Imom Buxoriy “Sahih”idagi bir bob “Johiliyat ishlaridan boʻlib, kufr sanalmaydigan gunohlar bobi” deb nomlangani ham musulmon inson gunoh sodir etish bilan Islomdan …
Батафсил“SAHIHUL BUXORIY”DA KELGAN HADISLARDAGI فَجْرٌ (shafaq, tong) SOʻZINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI (Oʻzbek va ingliz tillari misolida)
Oʻzbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatida oʻz oʻrniga ega boʻlgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishishi katta ahamiyat kasb etadi. Buning hosilasi oʻlaroq, Imom Buxoriy ilmiy merosini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar nafaqat oʻzbek tilshunosligida, balki turkologiyada, hatto jahon tilshunosligida ham davom etmoqda. Biroq bizning nazarimizda ushbu ilmiy meros …
Батафсил
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





