Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida galdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindorlari, yurtimiz va xorijdagi oliy taʼlim va ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Pokiston, Turkiya va Fransiyadan olimlar …
БатафсилDIQQAT, EʼLON!
Joriy yil 20 iyul kuni Imom Buxoriy tavalludining 1250 yilligi munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Joʻybori Kalon madrasasi, Hadis ilmi maktabi hamda Panjob (Pokiston) va Inonu (Turkiya) va Utara (Malayziya) universitetlari hamkorligida “Imom Buxoriy – buyuk muhaddis” mavzusida xalqaro ilmiy seminar oʻtkaziladi. Seminar oflayn va onlayn tarzda tashkil …
БатафсилODAMLARNI FOSIQLIK VA KOFIRLIKDA AYBLASHDAN OGOH BOʻLING!
Bir hadis sharhi Islom shariati doimo din, jon, mol-mulk, nomus va aqlni himoya qilib kelgan. Bularning birortasini buzgan kimsaga dunyoda ham, oxiratda ham jazo borligi taʼkidlanadi. Jumladan, odamlarni haqorat qilish, shaʼnini yerga urish, soʻkish va yomon soʻzlar bilan ayblashdek har qanday yomonlikni qoralaydi. عَنْ أَبِى ذَرٍّ رضى الله عنه أَنَّهُ …
БатафсилDINDA CHUQUR KЕTISHNING JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGIGA SALBIY TAʼSIRI (2-qism)
Gʻuluv – dinda chuqur ketish, amallarni bajarishda haddidan oshish, asl eʼtiqodiy manbalarni notoʻgʻri talqin etishga olib keluvchi omillardan biri boʻlib, uning oqibatida aqidaparastlik paydo boʻladi. Shuningdek, Alloh taoloning barcha ism-sifatlarining azaliy va abadiy deb eʼtiqod qilmaslik, bandalarning amallarini taqdir qilinib, bandaning oʻz amali uchun mukofotlanishi yoki jazolanishi kabi aqidaviy masalalardagi ixtiloflar …
БатафсилILM MAJLISIDA YIGIRMA MINGDAN ORTIQ ODAM…
Abu Ali Solih ibn Muhammad Jazara aytganlar: “Muhammad ibn Ismoil Bagʻdodda ilm darsida oʻtirardilar. Men u kishidan hadis yozib olardim. U kishining majlislarida yigirma mingdan ortiq odam toʻplanardi”. Xatib aytganlar: “Zargar Abbos ibn Fazl Roziydan: “Abu Zurʼa afzalmi yoki Muhammad ibn Ismoil?” – deb soʻraldi. Abbos: “Men Muhammad ibn …
Батафсил“OʻRTA OSIYONING ARXЕOLOGIK LANDSHAFTI”
DIQQAT, EʼLON! Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan “ZARAFSHON VOHASI MADANIY BOYLIKLARI” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz. Bu galgi seminarda Londondagi Arxeologiya institutining xalqaro Ipak yoʻli arxeologiya va meros markazi loyihasi direktori Dr. …
БатафсилALLOH TAOLO SIZNI BU UMMATNING KOʻRKI QILSIN!
Abu Bakr Muhammad ibn Isʼhoq ibn Xuzayma: “Osmon gumbazi ostida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hadislarini Buxoriydek biladigan va yod olgan kishi yoʻq”. Hokim aytganlar: “Hofiz Muhammad ibn Yaʼqubdan eshitdim. U kishi otalarining: “Muslim ibn Hajjojning Buxoriy oldida yosh bola kabi oʻtirib savol berayotganlarini koʻrganman”, – deganlarini eshitganlar”. Hokim …
БатафсилUSTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI
Oʻninchi dars. Ovqatlanish odobi. Ey oʻgʻlim! Qaddi-qomating sogʻlom holda hayot kechirmoqchi boʻlsang, ovqat ustiga ovqat yemagin. Qorning och qolsa taomlan. Yeganingda zinhor qorningni toʻldirma. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Odam bolasi qornidan koʻra yomonroq idishni toʻldirmaydi”[1], deganlar. Ey oʻgʻlim! Ovqatlanishga kirishmoqchi boʻlsang, avvalo qoʻlingni yaxshilab yuv. Soʻng “Bismillah”ni ayt. Taomni …
БатафсилMALAYZIYALIK STIPЕNDIAT ILMIY ISHI AMALIY AHAMIYATI BILAN EʼTIBOR QOZONADI
Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi sovrindori dr. Alif Navi ilmiy izlanishlari natijalari taqdimotini oʻtkazdi. “Oʻzbekiston hududida yashab, zamonaviy dunyoni shakllantirgan taniqli ulamolar merosini saqlash va targʻib etishda videografika vositalarining oʻrni” mavzusida oʻtkazilgan taqdimot alloma ajdodlarimizning bugungi kunda keng qoʻllanayotgan innovatsiyalar rivojiga qoʻshgan bilvosita hissasiga bagʻishlandi. Tadqiqotchi islom sivilizatsiyasida movarounnahrlik …
БатафсилMARKAZNING RASMIY HAMKORLARI SONI ORTMOQDA
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Turkiyadagi Dijle universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolandi. Markaz direktori, tarix fanlari doktori Shovosil Ziyodov va universitet rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Mehmet Karokoch imzolagan ushbu hujjat ikki ilmiy muassasa oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini oʻzida mujassam etgan. Oʻzaro ilmiy va amaliy aloqalarni …
Батафсил