Home / FOTO LAVHALAR / Galdagi stipendiat amaliyot boshladi

Galdagi stipendiat amaliyot boshladi

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya joriy yilgi dasturining navbatdagi sovrindori – Malayya universiteti (Malayziya) tadqiqotchisi Ashraf Ishroqiy ibn Jamil ilmiy amaliyot oʻtash uchun Markazga keldi.

Direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev tadqiqotchini dastur gʻolibligi munosabati bilan qutlab, ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Ashraf Ishroqiy samimiy va doʻstona qabul uchun minnatdorlik bildirib, amaliyot davomida ilmiy manbalar bilan ishlash hamda Markaz tadqiqotchilari bilan yaqin hamkorlikda ish olib borish va oʻzaro tajriba almashish imkoniyati yaratilganidan mamnuniyat izhor etdi.

Tadqiqotchi Markaz muzeyi faoliyati va kutubxona ishi, u yerdagi kitob fondi bilan tanishtirildi.

Stipendiat Markazda “Oʻzbekistonda islom taʼlim tafakkuri: dastlabki nazariya” mavzusida tadqiqot olib boradi. Amaliyot davomida u mamlakatimizning tarixiy shaharlariga ilmiy safarlar uyushtirish va tadqiqotlari yuzasidan taqdimot oʻtkazishni rejalashtirgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

ISLOM – TINCHLIK VA EZGULIK DINI

Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksalish boʻy koʻrsatadi. Mamlakat taraqqiyoti, …