Home / FOTO LAVHALAR / Sayyohlik salohiyatining sarafrozi

Sayyohlik salohiyatining sarafrozi

Ayni kunlarda mamlakatimiz hududlarida oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling!” dasturi asosida 21-avgust kuni Samarqandda ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida oʻtkazilgan tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ham ziyorat turizmiga oid stendi bilan ishtirok etdi. Unda Markaz tomonidan nashr etilgan kitob va risolalar, arab kalligrafiyasi va islom xattotlik sanʼati namunalari, shuningdek, viloyatning ziyorat turizmi salohiyatiga doir fotosuratlar namoyish qilindi.

Yarmarka qatnashchilari tomonidan mamlakatimizda keyingi yillarda sohani izchil rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, shu jumladan, ziyorat turizmining keng imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar eʼtirof etildi.

Tadbir hududning ziyorat turizmi istiqbollarini keng yoritishda amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ilmiy xodimlar – Turkiyada malaka oshirishda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimining 3 nafar ilmiy xodimi …