Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Jizzax viloyatida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida maʼrifiy suhbat tashkil etildi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi rahbariyati, masʼul xodimlari, imomlar va ularning noiblari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda Markaz ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov mamlakatimizda qisqa davr ichida jamiyatimizning bosh mezoni boʻlgan maʼnaviyat sohasida, dinimizning insonparvarlik gʻoyalarini targʻib etishda “Jaholatga qarshi – maʼrifat” tamoyili asosida roʻy berayotgan ijobiy oʻzgarishlar haqida soʻzladi. Yurtimizda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda olib borilayotgan islohotlar koʻlam va ahamiyatiga koʻra Oʻzbekistonning musulmon dunyosida islom sivilizatsiyasi markazi sifatida eʼtirof etilishi uchun zamin hozirlashini taʼkidladi.
Tadbir davomida Markaz tomonidan nashrga tayyorlangan yangi kitoblar taqdimoti ham oʻtkazildi. Qatnashchilarga ularning ilmiy va maʼnaviy qiymati va jaholatga qarshi kurashdagi amaliy ahamiyati borasida tushuntirishlar berildi.
Yigʻilganlarning savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.