Home / 2021 / Sentabr (page 2)

Monthly Archives: Sentabr 2021

SABR VA TAQVO – IKKI DUNYO SAODATI

Alloh taolo barcha mahluqotlar orasida insonni eng aziz va mukarram qilib yaratdi. Insonlar orasidan imonli, taqvoli, sabrli va solih bandalarini hidoyat sari yoʻlladi. “Ey imon keltirganlar, sabr qilinglar, sabrda ustun boʻlinglar va doimo kurashga shay boʻlib turinglar, Allohdan qoʻrqinglar, shundagina najot topasizlar” (“Oli Imron” surasi, 200–oyat). Alloh taolo Qurʼoni karimning juda koʻp oyatlari orqali …

Batafsil

Markaz kutubxonasi yana bir nodir qoʻlyozma nusxasi hisobiga boyidi

Ezgu niyatlar bilan barpo etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kutubxonasi fondi kundan-kunga boyib bormoqda. Yaqinda Turkiyaning “Turk dunyosi” parlament jamgʻarmasi direktorlar kengashi raisi, doktor Abdullo Chalishkan rahbarligidagi delegatsiyaning Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrifi davomida mehmonlar markaz muzeyidagi nodir buyumlar va qoʻlyozma nusxalari bilan yaqindan tanishish barobarida markaz kutubxonasiga …

Batafsil

SAMARQANDDA YIRIK XALQARO ANJUMAN BOSHLANDI

Kuni kecha Samarqandda viloyat hokimligi, Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Turkiyaning madaniyat va turizm vazirligi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining Toshkentdagi vakolatxonasi hamkorligida “Turk dunyosida taʼlim, ilm-fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik va oʻzaro taʼsir” mavzuida xalqaro ilmiy simpozium ish boshladi. Unda Samarqand Davlat Universiteti, Qozogʻiston, Moldova va Turkiyaning qator nomdor universitetlari professor-olimlari, oʻqituvchilar, mustaqil …

Batafsil

Turkiyalik bir guruh jamoat arboblari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mehmoni

Turkiyaning “Turk dunyosi” parlament jamgʻarmasi Direktorlar kengashi raisi, doktor Abdullo Chalishkan rahbarligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida delegatsiya aʼzolari Markaz muzeyi faoliyati, undagi nodir buyum va qoʻlyozma nusxalari bilan tanishishdi.   Shundan soʻng, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati va …

Batafsil

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilik instituti uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22 maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura va doktoranturaga davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi. Qabul kvotalari Akademiyada faoliyati yoʻlga qoʻyilgan ixtisosliklar boʻyicha …

Batafsil

IMOM BUXORIYGA ENG SOʻNGGI XIZMATNI KOʻRSATGAN SAXOVAT SOHIBI

Tarixiy manbalardan Abu Mansur Gʻolib ibn Jabroil Xartangiy Samarqandiyni qidirganimizda, albatta, Imom Buxoriyning Xartang qishlogʻiga kelgani va umrining oxirgi kunlarini shu yerda oʻtkazgani haqidagi maʼlumotlarga duch kelamiz. Demak, Gʻolib ibn Jabroilni Imom Buxoriyning mana shu qishloqda oʻtkazgan kunlari haqidagi maʼlumotlarsiz oʻrganib boʻlmaydi. Imom Buxoriy Buxorodan chiqqanda, samarqandliklar unga maktub yozib, …

Batafsil

Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaylik

Mustaqillik yillarida shoʻro davrida bir muddat unutgan koʻplab ulugʻ ajdodlarimizni yaqindan tanidik. Mamlakatimizda Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Margʻinoniy, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning tavallud toʻylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Ammo hali hayoti va ijodi oʻrganilmagan, xalqqa toʻla yetkazilmagan buyuk allomalarimiz ‒ yana qancha! Shulardan biri …

Batafsil