Home / FOTO LAVHALAR / Talabalarning malakaviy bitiruv ishlari himoyasi oʻtkazildi

Talabalarning malakaviy bitiruv ishlari himoyasi oʻtkazildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Taʼlim, tadqiqot va amaliyot” tamoyili asosida Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarining malakaviy bitiruv ishlari himoyasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Markaz ilmiy xodimlari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdi. Himoya jarayonida talabalar madaniy merosni asrash, ziyorat turizmini rivojlantirish, tarixiy obidalardan samarali foydalanish, shuningdek, Oʻzbekistonning boy maʼnaviy va madaniy merosini xalqaro miqyosda targʻib etishga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlarini taqdim qildi.

Talabalar oʻz ishlarida nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uygʻunlashtirishga intilgani, tadqiqotlarida zamonaviy yondashuvlar va ilmiy manbalardan samarali foydalangani qayd etildi. Ayniqsa, mamlakatimizda ziyorat turizmi infratuzilmasini takomillashtirish, madaniy meros obyektlarining turistik jozibadorligini oshirish hamda tarixiy merosni saqlash masalalariga bagʻishlangan loyihalar mutaxassislar eʼtiborini tortdi.

Himoya davomida komissiya aʼzolari tomonidan talabalarga tadqiqot mavzulari yuzasidan savollar berilib, ishlarning ilmiy ahamiyati, amaliy qiymati va kelgusidagi istiqbollari muhokama qilindi. Bildirilgan taklif va tavsiyalar talabalarning ilmiy izlanishlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Mahalla tizimi xodimlari Imom Buxoriy merosi bilan tanishdi

Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish oʻquv kursi doirasida …