Home / FOTO LAVHALAR / Ajdodlar merosiga hurmat va mafkuraviy immunitet – davr talabi

Ajdodlar merosiga hurmat va mafkuraviy immunitet – davr talabi

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi B.Mahmudov ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarda mustahkam bilim va tafakkurni shakllantirish, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini kuchaytirish, shuningdek, globallashuv sharoitida turli yot gʻoyalar va zararli axborot xurujlaridan himoyalanishda ilm-maʼrifatning oʻrni xususida soʻz yuritildi.

Muloqot davomida maʼruzachi ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosi, xususan, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy kabi buyuk allomalarning insoniyat tamadduniga qoʻshgan ulkan hissasiga alohida toʻxtaldi. Bu bebaho meros bugungi yosh avlod uchun yuksak maʼnaviyat va sogʻlom eʼtiqod manbai boʻlib xizmat qilishi lozimligi qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, talaba-yoshlar tinimsiz ilm olishga, kitob mutolaasiga va oʻz ustida muntazam ishlashga daʼvat etildi.

Qizgʻin suhbat ruhida oʻtgan tadbir yakunida talabalar qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Navbatdagi mashgʻulot komil inson tarbiyasiga bagʻishlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun tashkil etilgan maxsus …