Home / FOTO LAVHALAR / Navbatdagi mashgʻulot komil inson tarbiyasiga bagʻishlandi

Navbatdagi mashgʻulot komil inson tarbiyasiga bagʻishlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun tashkil etilgan maxsus oʻquv kursi doirasida navbatdagi amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi. Unda Markaz ilmiy xodimi Usmonxon Muhammadiyev “Imom Buxoriy ilmiy merosida komil inson gʻoyasi” mavzusida maʼruza qildi.

Tadqiqotchi allomaning hadis toʻplamlarida ilgari surilgan inson kamoloti, yuksak axloq-odob, vatanparvarlik va bagʻrikenglik kabi umuminsoniy qadriyatlarning falsafiy va amaliy ahamiyatini ilmiy asoslar bilan tushuntirib berdi. Qayd etilganidek, Imom Buxoriy merosidagi maʼnaviy mezonlar jamiyatda yuksak axloqiy muhitni qaror toptirish va shaxs kamolotini taʼminlashning bosh poydevori hisoblanadi. Ushbu umuminsoniy gʻoyalarni chuqur anglash tinglovchilarning dunyoqarashi va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish orqali ularda oʻz kasbiy faoliyatiga, jamiyat va inson huquqlariga nisbatan yuksak masʼuliyat hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tinglovchilar mashgʻulot davomida buyuk muhaddis gʻoyalarining bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi oʻrni va jamiyat maʼnaviy hayotiga taʼsiri xususida keng tushunchalarga ega boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ilm va taʼlim integratsiyasi – muloqotning bosh mavzusi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Xoja Buxoriy oʻrta-maxsus islom taʼlim muassasasi ustoz va talabalari mehmon …