Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” buyum bozorida “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida “Radikalizm, missionerlik – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Viloyat hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi, xususan bozor hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va fuqarolar o‘rtasida diniy ekstremizm, radikalizm hamda missionerlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning huquqiy ongi va ma’naviy immunitetini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida Markaz ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shu bilan birga, radikal va ekstremistik oqimlarning asl maqsadlari, ularning jamiyat rivojiga soladigan jiddiy xavf-xatarlari hamda fuqarolarning bu kabi tahdidlarga qarshi mafkuraviy hushyorligini oshirish masalalari xususida fikrlar bildirildi. Bunday salbiy illatlarning oldini olishda jamiyatning har bir a’zosi mas’ul ekani alohida ta’kidlandi.
Qizg‘in bahs-munozara ruhida o‘tgan tadbir yakunida ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





