Home / FOTO LAVHALAR / Sogʻlom aqida mezonlari tushuntirildi

Sogʻlom aqida mezonlari tushuntirildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Hadis ilmi maktabida talabalar ishtirokida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda Markaz ilmiy xodimi Alouddin Neʼmatov “Salafiylarning bidʼat va xurofotlari” mavzusida maʼruza qildi.

Mashgʻulot davomida turli firqa va oqimlarning eʼtiqodiy qarashlari, xususan, karromiylar, salafiylar va boshqa jamoalarning aqidaviy yondashuvlari atroflicha tahlil qilindi. Uchrashuvda mazkur oqimlarning paydo boʻlish sabablari, asosiy daʼvolari, ahli sunna val jamoa taʼlimotiga zid jihatlari hamda bugungi kundagi koʻrinishlari haqida talabalarga tizimli tushunchalar berildi.

Maʼruzachi islomda eʼtiqod masalasi nihoyatda muhim oʻrin tutishini taʼkidlab, aqidani sogʻlom manbalar, ulugʼ ulamolar merosi va ahli sunna val jamoa mezonlari asosida oʻrganish zarurligini alohida qayd etdi.

Savol-javoblarda talabalar qiziqtirgan masalalari yuzasidan tegishli xulosalar oldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Manbashunoslik va ilmiy integratsiya: Jazoirda buyuk vatandoshlarimizning nodir qoʻlyozmalari aniqlandi

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasida ilmiy safarda boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari ikki mamlakat ilmiy-akademik doiralari …