Home / FOTO LAVHALAR / “Dunyoviylik – dahriylik emas”

“Dunyoviylik – dahriylik emas”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Hadis ilmi maktabida talabalar ishtirokida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Markaz ilmiy xodimi Tohir Evadullayev “Dunyoviy-maʼrifiy davlat tushunchasi. “Dunyoviylik dahriylik emas” tamoyilining mazmun-mohiyati” mavzusida maʼruza qildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-maʼrifiy islohotlar, jamiyatda bagʻrikenglik va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, yoshlarni sogʻlom eʼtiqod va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati, uning jamiyat barqarorligi, maʼnaviy taraqqiyot va diniy bagʻrikenglikni taʼminlashdagi ahamiyati xususida fikrlar bildirildi. Dunyoviylik tamoyili diniy qadriyatlarga qarshilikni anglatmasligi, aksincha, turli eʼtiqod vakillarining, hatto dinga mutlaqo befarq yoki dahriylik qarashlariga ega boʻlgan toifalarning oʻzaro hurmat va hamjihatlik asosida yashashini taʼminlovchi muhim omil ekani taʼkidlandi.

Tadbir yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Maʼrifiy muloqotlar va oʻzaro amaliy tajriba almashuvi

Jazoirda oʻtayotgan XII Xalqaro soʻfiylik taronalari madaniy festivali va xalqaro ilmiy simpozium doirasida Imom Buxoriy …