Home / FOTO LAVHALAR / Markaz xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirmoqda

Markaz xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirmoqda

Toshkentda “Islom sivilizatsiyasida ilmiy an’ana: manbalar, imkoniyatlar va dolzarb masalalar” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamni amalga oshirdi.

Tadbirning yalpi majlisi asnosida Markaz tomonidan Malayziya texnologiya universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar almashuvini yo‘lga qo‘yish hamda islom sivilizatsiyasiga oid ilmiy merosni chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.

Ushbu kelishuv Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining jahon ilmiy maydonidagi nufuzini mustahkamlash, shuningdek, ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ilmiy meros va ma’naviy yaqinlik: Turkiya delegatsiyasi tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiya Prezidenti huzuridagi Din (Diyonat) ishlari boshqarmasi raisi Safiy Arpagush …