Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi oʻzining 9-yillik faoliyati davomida nafaqat ilmiy tadqiqotlar, balki jamoatchilik bilan hamkorlik borasida ham mustahkam anʼanani shakllantirdi. Markazda oʻtkazilgan navbatdagi media-tur buning yaqqol isboti boʻldi.

Tadbirda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi masʼul xodimi Keldiyor Toʻliyev boshchiligidagi ijodiy guruh, jumladan, “Renessans”, “Mahalla” telekanallari, “Paradigma.uz”, “Haqiqat.uz”, “Zamon.uz” kabi ommaviy axborot vositalarining tajribali muxbirlari qatnashdilar.

Media-tur davomida mehmonlar Markazning 9-yillik faoliyati, shuningdek, muzey va zamonaviy kutubxona ishi bilan yaqindan tanishdi.
Muloqot chogʻida OAV vakillari Markaz faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflikni alohida eʼtirof etib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar faqatgina ilmiy izlanishlar uchun emas, balki “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish va maʼrifiy immunitetni oshirishda ham muhim vosita boʻlayotganini taʼkidladi.


Oʻz navbatida, Markaz jamoasi ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishga, ilmiy yangiliklarni jamoatchilikka xolis va tezkor yetkazishda jurnalistlar bilan yelkama-yelka ishlashga tayyor ekanini bildirdi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





