Home / FOTO LAVHALAR / “Аёл борки, олам мунаввар”

“Аёл борки, олам мунаввар”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan shu nomda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Anjumanni Markaz direktorining o‘rinbosari Otabek Muhammadiyev ochib, jamoada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni barcha xodimlar nomidan ushbu ayyom bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida yurtimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ilm-fan va ma’naviyat sohalaridagi faolligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar alohida e’tirof etildi. Ayniqsa, Yangi O‘zbekiston ayollari jamiyat taraqqiyoti, ma’naviy muhit barqarorligi hamda yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Shuningdek, tadbirda ayol zotining mehr-muhabbati, sabr-toqati va fidoyiligi tufayli oila mustahkamligi, jamiyatdagi ezgu qadriyatlar bardavomligi ta’minlanishi ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida Markazda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarga kasaba uyushmasi va rahbariyat nomidan bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Samimiy ruhda o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ayollarga yuksak ehtirom va e’tiborning yana bir yorqin va rangin ifodasi bo‘ldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzaro hamkorlik sari muhim qadam

17-fevral kuni onlayn muloqot shaklida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Turkiyaning Najmiddin Erbaqan universiteti …