“Ey farzand, oʻzingni mol jam qilishdan gʻofil tutmagil, ammo halollik bilan mol toʻplashga harakat qil.
Mol uchun oʻzingni xavf-xatarga qoʻyma.
Molni jam etganingdan keyin uni yaxshi saqlagil va har bir yaramas ish uchun sarf qilaverma, chunki molni saqlash yigʻishdan qiyindir.
Agar kerak vaqtda zarur ish uchun sarf qilsang, harakat qilib uning oʻrnini tezda toʻldirgil.
Agar xarj qilingan narsaning oʻrnini toʻldirmasang, Qorunning boyligidek boʻlsa ham, bir kunda yoʻq boʻladi.
Mol doim turadi, deb unga koʻngil qoʻymagil, chunki bir kun emas, bir kuni moling yoʻq boʻlib qolsa, diltang boʻlmagaysan”.
Xulosa:
Halol mehnat bilan topilgan mol – barakali.
Uni asrash – donolik.
Unga haddan ortiq bogʻlanish esa – gʻofillik.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





