Home / FOTO LAVHALAR / Murojaatnomani oʻrganish jarayonida navbatdagi mavzu

Murojaatnomani oʻrganish jarayonida navbatdagi mavzu

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Hadis ilmi maktabida tashkil etilgan maxsus oʻquv kursi doirasida milliy yuksalishning ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini oʻrganish davom etmoqda. Kursning navbatdagi amaliy mashgʻuloti “Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish” mavzusiga bagʻishlandi. Mazkur darsni Markaz ilmiy xodimi Usmonxon Muhammadiyev olib bordi.

Mashgʻulot davomida Prezident Murojaatnomasida inson kapitalini rivojlantirish, aholini zamonaviy va istiqbolli kasb-hunarlarga oʻqitish hamda mehnat bozorining sifat jihatidan yangi tizimini shakllantirish borasida ilgari surilgan tashabbuslar chuqur tahlil qilindi. U.Muhammadiyev bugungi globallashuv va raqamlashtirish davrida anʼanaviy ish oʻrinlarining transformatsiyasi hamda “kelajak kasblari” uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni egallashning hayotiy zaruratiga alohida toʻxtaldi.

Mashgʻulot yakunida tinglovchilar Murojaatnomada belgilangan ushbu ustuvor vazifalarni oʻrganish talabalarda mamlakatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning inson qadri bilan bogʻliq mohiyatini anglashga hamda mehnat bozoridagi zamonaviy oʻzgarishlarni ilmiy asosda baholashga xizmat qilishini eʼtirof etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Murojaatnomada ifodalangan iqtisodiy yuksalishning ilmiy va maʼnaviy asoslari oʻrganildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Hadis ilmi maktabi talabalari uchun tashkil etilgan maxsus oʻquv …