Home / FOTO LAVHALAR / Prezident Murojaatnomasida ichki bozorda talabni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida nimalar deyilgan?

Prezident Murojaatnomasida ichki bozorda talabni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida nimalar deyilgan?

Hadis ilmi maktabida davom etayotgan maxsus oʻquv kursining navbatdagi mashgʻuloti shu mavzuga bagʻishlandi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Tohir Evadullayev tomonidan olib borilgan darsda ichki isteʼmol bozorini rivojlantirish va mahalliy mahsulotlar aylanmasi hajmini koʻpaytirishning strategik ahamiyati ochib berildi.

Mashgʻulot davomida Prezident Murojaatnomasida qayd etilgan vazifalar sirasida aholining xarid qobiliyatini oshirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratish va mahalliy tovarlarning raqobatbardoshligini taʼminlash masalalari ilmiy tahlil qilindi. Maʼruzachi ichki talabni jonlantirish nafaqat iqtisodiy oʻsishni jadallashtirishini, balki yangi ish oʻrinlari yaratilishi va shu orqali aholi daromadlarining oshishiga bevosita taʼsir koʻrsatishini hayotiy misollar bilan tushuntirib berdi.

Kurs ishtirokchilarining fikricha, Murojaatnomadagi iqtisodiy tashabbuslarni bunday tahliliy tarzda oʻrganish milliy bozor tizimining ishlash tamoyillarini hamda davlat tomonidan aholi farovonligini oshirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy mazmunini anglashga yordam bermoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Murojaatnomada ifodalangan iqtisodiy yuksalishning ilmiy va maʼnaviy asoslari oʻrganildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Hadis ilmi maktabi talabalari uchun tashkil etilgan maxsus oʻquv …