Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Hadis ilmi maktabida tashkil etilgan maxsus oʻquv kursi doirasida milliy yuksalishning navbatdagi strategik yoʻnalishi – tabiatni muhofaza qilish va resurs tejamkorligi masalalari koʻrib chiqildi. Markaz ilmiy xodimi Abdulbosit Mamadaliyev tomonidan olib borilgan mashgʻulot “Ekologik muvozanatni taʼminlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish” mavzusiga bagʻishlandi.


Mashgʻulot davomida Prezident Murojaatnomasiga koʻra ekologik barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan islohotlarga oid masalalarning mantiqiy zanjiri yaxlit holda tahlil qilindi. A.Mamadaliyev mamlakatda ekologik muvozanatni saqlash, energiya samaradorligini oshirish va suv xavfsizligini taʼminlash bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan yagona tizimning uzviy boʻgʻinlari ekanini ilmiy asoslab berdi.

Dars yakunida tinglovchilar tomonidan eʼtirof etilganidek, Murojaatnomada ilgari surilgan ushbu kompleks yondashuvni oʻrganish talabalarda tabiiy resurslarga nisbatan masʼuliyatli munosabatni shakllantirishga hamda Yangi Oʻzbekistonning “yashil” taraqqiyot yoʻlidagi islohotlarining naqadar hayotiy va zarur ekanini ilmiy asosda anglashga xizmat qilmoqda.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





