Home / HALOLLIK VA MA'RIFAT / Halol kasbning besh qoidasi

Halol kasbning besh qoidasi

Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh aytganlar:

“Kim kasbi halol boʻlishini istasa, besh narsani mahkam tutsin:

1️⃣ Kasbi tufayli Alloh taoloning farzlaridan birortasini ortga surmasin va ularda nuqson boʻlishiga yoʻl qoʻymasin.
2️⃣ Kasb tufayli Alloh taoloning maxluqotlaridan birortasiga ozor bermasin.
3️⃣ Mol-dunyo jamlash va koʻpaytirishni emas, oʻzining va ahli-ayalining iffatini saqlashni niyat qilsin.
4️⃣ Kasb qilaman deb oʻzini ortiqcha qiynab yubormasin.
5️⃣ Rizqni Alloh taolodan deb bilsin, kasbdan emas. Kasb — sabab, xolos.”

Halol rizq — faqat mehnatda emas, niyatda, adolatda va taqvoda ekanini unutmaylik.

Abduvosi Shonazarov,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Check Also

ZAIF VA TOʻQIMA HADISLARGA NAZAR

Hayotda oʻrnini topmagan, odamlardan norozi, xorijdan “panoh tilagan” ayrim shaxslar “chetga chiqib bildimki, yurtimizda amal …