Hakimlar bejiz aytmagan…
Homid Lifofiy shunday degan:
“Biz toʻrt narsani toʻrt joydan izladik.
Ammo yoʻlda xato qildik va ularni boshqa toʻrt joydan topdik:
boylikni mol-dunyodan izladik — qanoatdan topdik.
rohatni moʻl-koʻllikdan izladik — oz moldan topdik.
lazzatni neʼmatdan izladik — salomatlikdan topdik.
rizqni yerdan izladik — osmondan topdik.”
Bu soʻzlar bizga shuni oʻrgatadiki, inson koʻpincha baxtni notoʻgʻri joydan qidiradi.
Holbuki, haqiqiy boylik — qalb xotirjamligida,
haqiqiy rohat — qanoatda,
eng katta neʼmat esa — salomatlik va rizqning Yaratgandan ekanini anglashda.
Tafakkur qilaylik… 🌿
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





