Home / FOTO LAVHALAR / O‘zbekiston va Indoneziya hamkorligi yangi bosqichda

O‘zbekiston va Indoneziya hamkorligi yangi bosqichda

26-oktyabr kuni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Oʻzbekiston va Indoneziya oʻrtasidagi turizm va ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ikki xalq madaniyatining serqirra va boy namunalari namoyish etildi. Indoneziyalik mehmonlar Shayxontohur va Yunusxon maqbaralarini ziyorat qildi.

Tadbir ikki davlat oʻrtasidagi ilm-fan, madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hindistonda Qur’on va fan “muloqoti”

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilayotgan “Qur’on va fan” mavzusidagi III xalqaro konferensiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy …