Home / FOTO LAVHALAR / Hududlar kesimida ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda

Hududlar kesimida ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda

Islom sivilizatsiyasini oʻrganish, uning boy ilmiy va maʼnaviy merosini xalqimizga yetkazish, shu orqali milliy oʻzligimizni yanada mustahkamlashga qaratilgan ishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham davom etmoqda. Bu borada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi alohida faollik koʻrsatmoqda.

Xususan, Markaz ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov, Respublika Vazirlar Kengashi raisining turizm va madaniy meros masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rasul Zarekeyev, ilmiy-innovatsion loyiha doirasida jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida uchrashuv oʻtkazilib, loyihalar yuzasidan dastlabki chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi va amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Loyihalar doirasida mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzildi.

Respublikadagi nufuzli muzeylarga borib, u yerdagi eksponatlar oʻrganildi va zarur eksponatlar roʻyxati ishlab chiqildi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston zaminida yashab ijod etgan allomalar hayoti va maʼnaviy merosini oʻrganishni kengaytirish boʻyicha alohida yoʻnalish shakllantirildi.

Rejalashtirilgan ishlarni belgilangan muddatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirish, loyihalarni samarali tashkil etish va bajarish yoʻlga qoʻyildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Navoiy viloyatidan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga 76 ta artefakt tanlab olindi

Navoiy viloyatida Islom sivilizatsiyasini oʻrganish, uning boy ilmiy va maʼnaviy merosini xalqimizga yetkazish, shu orqali …