Home / FOTO LAVHALAR / Navoiy viloyatidan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga 76 ta artefakt tanlab olindi

Navoiy viloyatidan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga 76 ta artefakt tanlab olindi

Navoiy viloyatida Islom sivilizatsiyasini oʻrganish, uning boy ilmiy va maʼnaviy merosini xalqimizga yetkazish, shu orqali milliy oʻzligimizni yanada mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Bu borada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi alohida faollik koʻrsatmoqda.

Xususan, Navoiy viloyatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Jonibek Jumayev, Ishchi guruh aʼzolari, viloyat hokimligi mutaxassislari hamda Navoiy davlat universiteti rahbariyati, professor-oʻqituvchilari va ilmiy jamoasi ishtirokida maxsus yigʻilish tashkil etildi.  Yigʻilishda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha vasiylik kengashi” majlisining 26-sonli bayoni qaroriga asosan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozitsiyasini shakllantirish va boyitish, shuningdek, hududlar kesimida ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha viloyat ishchi guruhi tuzildi.

Mazkur Ishchi guruh  Navoiy davlat muzey-qoʻriqxonasi va uning 4 ta filialida tadqiqot ishlarini olib bordi. Navoiy shahri,  Karmana, Nurota tumani va Navbahor tumanidagi “Sarmishsoy muzey-qoʻriqxonasi”da amalga oshirilgan izlanishlar natijasida 76 ta artefakt tanlab olindi.

Bu kabi tashabbuslar xalqimiz maʼnaviy merosining chuqur oʻrganishda va kelajak avlod uchun mustahkam maʼnaviy asos yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Maxsus shtab: hozirgacha diniy-maʼrifiy yoʻnalishda 14 ta loyiha uchun texnik topshiriqlar tayyorlangan

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan muzey ekspozitsiyasini boyitish, diniy-maʼnaviy merosni targʻib qilish va yosh avlodni …