1️⃣ Ming oydan afzal kecha: bu kechada qilingan ibodat 83-yildan ortiqroq vaqt davomida qilingan ibodatga tengdir.
2️⃣ Taqdirlar belgilanadigan kecha: ushbu kecha davomida har bir insonning kelgusi yili uchun taqdiri belgilab qoʻyiladi, deb hisoblanadi.
3️⃣ Maxfiy sir: Laylatul Qadrning aniq sanasi koʻrsatilmagan boʻlib, musulmonlarni uni Ramazonning oxirgi oʻn kechasida izlashga undaydi.
4️⃣ Toq kechalar: Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Qadr kechasini Ramazonning oxirgi oʻn kuni (21, 23, 25, 27 va 29-kechalar)dan izlashga maslahat berganlar.
5️⃣ Farishtalar nozil boʻladi: ushbu kecha davomida farishtalar yerga tushib, sakiynat va baraka olib keladilar.
6️⃣ Qurʼon nozil boʻlgan kecha: ushbu kecha davomida Qurʼoni karimning ilk oyatlari Paygʻambar alayhissalomga nozil boʻlgan.
7️⃣ Tinchlik kechasi: Qurʼonda unga “Qadr” surasining 5-oyatida sahargacha tinchlik va salomatlik tuni deya taʼrif berilgan.
8️⃣ Gunohlarning magʻfirat qilinishi: ushbu kecha davomida chin dildan qilingan ibodat oldingi barcha gunohlarning kechirilishiga sabab boʻlishi mumkin.
9️⃣ Alomatlari:
- quyosh tongdan nursiz bo‘lib chiqishi,
- Qadr kechasi yarqiragan, issiq ham emas, sovuq ham emas, o‘sha kungi quyosh chiqishi kuchsiz qizil bo‘lishi,
- Qadr kechasi porloq kecha bo‘lib, issiq ham sovuq ham bo‘lmasligi. Bu kechada yulduzlar uchmasligi.
🔟 Ruhiy yangilanish: bu tun inson ruhiyatida yangi sahifani ochish va Allohga yaqinlashish imkoniyatidir.
Otabek MUHAMMADIYEV
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi