Home / FOTO LAVHALAR / Maʼnaviy yuksalish sari

Maʼnaviy yuksalish sari

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Samarqand Davlat chet tillar institutida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” turkumida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazdi.

Uchrashuv yoshlarning ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, turli yot gʻoyalarga qarshi immunitetini kuchaytirish, jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik hissini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Markaz ilmiy xodimlari huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birga diniy ekstremizm, terrorizm va turli mafkuraviy xurujlarning yoshlar kelajagiga solayotgan tahdidiga alohida toʻxtaldi. Ularga qarshi kurashda maʼrifatning oʻrni, ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosi va milliy qadriyatlarimizning muhim ahamiyati taʼkidlandi.

Talaba-yoshlar bilan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar bu borada ularni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Xorijiy tillarni oʻrganish va taʼlim muammolari muhokamasi

19-fevral kuni Toshkentda Oriyental universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Xorijiy tillar tadqiqi va taʼlimi muammolari” …