Samarqand Davlat tibbiyot universitetida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Universitet pedagog-xodimlari va talabalari ishtirokida oʻtgan uchrashuvda radikalizmning ijtimoiy barqarorlik va millatlararo hamjihatlikka tahdidi, mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashish yoʻllari muhokama qilindi. Markaz ilmiy xodimlari yigʻilganlarga interaktiv usullar orqali radikalizmning salbiy taʼsirlari haqida tushunchalar berib, bu illatga qarshi turli madaniy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishning ahamiyatiga urgʻu berdi.
Tadbirda radikalizmning ijtimoiy hayotdagi salbiy oqibatlariga qarshi ilm va maʼnaviy-axloqiy tarbiya asosidagi maʼrifat orqali kurashish zarurligi taʼkidlandi. Jamiyatimiz barcha aʼzolarining bu boradagi yanada masʼuliyatini oshirish uchun birgalikda harakat qilish muhimligiga eʼtibor qaratildi. Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar mamlakatimizning barqarorligi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilib, turli madaniy va diniy qarashlar oʻrtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlashga yordam berishi qayd etildi.