21-yanvar kuni Malayziya islom madaniyati institutida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, Malayziya islom madaniyati instituti rahbariyati hamda Malayziya milliy universiteti professor-oʻqituvchilari qatnashdi.
Malayziya tomoniga Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, diniy-maʼrifiy sohadagi ijobiy oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Yigʻilish ishtirokchilarida “Oʻzbekistonda diniy sohadagi yangilanishlar” mavzusidagi film katta qiziqish uygʻotdi.
Tadbir davomida Malayziya islom madaniyati institutidan Imom Buxoriy xalqaro stipendiyasining gʻolibi boʻlgan tadqiqotchilar bilan suhbat uyushtirildi.
Malayziya islom madaniyati instituti direktori, professor Fariza Shom oʻz soʻzida quyidagilarni taʼkidladi:
“Oʻzbekiston vakillari Malayziyaga tashrif buyurganlarida ularni katta xursandchilik bilan kutib olaman. Oʻzbekistonlik tadqiqotchilarga Malayziyada qanday sharoit zarur boʻlsa, ularni hozirlab berishga tayyorman”.
Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda oʻtdi.