Home / FOTO LAVHALAR / Viloyat rahbari Adiz Boboyev Markaz faoliyati bilan tanishdi

Viloyat rahbari Adiz Boboyev Markaz faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning 18-dekabr kuni Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi  A.Boboyev Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,   Imom Buxoriy majmuasi hamda ziyoratgoh joylashgan mahalla hududida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Viloyat rahbari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev hamrohligida Markazdagi muzey faoliyati va undagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. A.Boboyevga faoliyat davomida erishilgan ilmiy yutuq va muvaffaqiyatlar haqida maʼlumot berildi.

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-sentyabrdagi “Samarqand viloyati Payariq tumani Xoʻja Ismoil shaharchasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ushbu shaharchaning arxitektura va meʼmoriy qiyofasi hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada yaxshilash, yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va obodonlashtirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Viloyat va tuman tashkilotlari masʼullari bilan oʻtgan oʻrganishda viloyat rahbari hududdagi qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qay darajada ketayotganligi bilan yaqindan tanishib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrdi. Yangi qurilish obyektlari uchun tanlangan joylar ham koʻzdan kechirildi.

Jarayonda, viloyat hokimi ishlarni tez va sifatli bajarish, kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

UMMON SULTONLIGINING OʻZBEKISTONDAGI ELCHISI IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZIDA BOʻLDI

Joriy yilning 13-dekabr kuni Ummon sultonligining Oʻzbekistondagi elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy Imom Buxoriy xalqaro …