Home / FOTO LAVHALAR / Rossiya musulmonlariga yangi nashrlar taqdimot qilindi

Rossiya musulmonlariga yangi nashrlar taqdimot qilindi

Avval xabar berilganidek, Qozon shahridagi Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi” boʻlib oʻtmoqda. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining unda ishtirok etayotgan ilmiy xodimlari mazkur nufuzli tadbir doirasida Markaz jamoasi tomonidan Imom Buxoriyning ilk marta oʻzbek tiliga oʻgirilgan “Xalqu afʼolil ibod” va “Kitobuz zuafois sagʻir” asarlari taqdimotini oʻtkazdi. Unda oʻndan ortiq davlatdan kelgan olimlar, din peshvolari va mutaxassislar qatnashdi.

Taqdimotchilar Markazning ilmiy yoʻnalishdagi faoliyati va xalqaro miqyosdagi hamkorlik aloqalari, erishilgan natijalar va tarjima ishlari bilan birga, nashr etilgan yangi kitoblar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Ishtirokchilar Imom Buxoriy ilmiy merosini tadqiq etishning dolzarb ahamiyati, yangi nashrlarning yuksak ilmiy-maʼnaviy qiymati, alloma ajdodlarimiz asarlarini oʻrganish boʻyicha istiqboldagi vazifalar hamda Yangi Oʻzbekistonda diniy maʼrifatni yuksaltirish yoʻlida olib borilayotgan amaliy ishlar boʻyicha ijobiy fikrlar bildirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Islom dini mohiyatan haqiqat, adolat, tinchlik va ezgulikka undaydi

Tinchlik, osoyishtalik, xavfsiz va barqaror muhit, ilm-maʼrifatning eng oliy neʼmat, bebaho boylik ekani yana bir …