Home / FOTO LAVHALAR / Markaz faoliyatining xorijdagi taqdimoti

Markaz faoliyatining xorijdagi taqdimoti

Avval xabar qilinganidek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Ravshan Elmurodov ayni kunlarda Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida “Movarounnahr uchinchi yozgi seminarlari” doirasida tashkil etilgan ilmiy dasturda ishtirok etmoqda.

R.Elmurodov oʻquv seminarlari doirasida Markaz faoliyati taqdimotini oʻtkazdi. Unda mashgʻulotlarda malaka oshirayotgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tatariston (Rossiya Federatsiyasi)dan borgan professor-oʻqituvchilar va Islom tafakkuri instituti rahbariyati ishtirok etdi.

Tadqiqotchimiz Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy yoʻnalishdagi faoliyati va xalqaro miqyosdagi hamkorlik aloqalari, erishilgan natijalar, tarjima ishlari va nashr etilgan kitoblar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Ishtirokchilarda ayniqsa Imom Buxoriyning Markaz xodimlari tomonidan tarjima qilingan asarlari, shuningdek, “Hadis maʼrifati” turkumida olib borilayotgan targʻibot ishlari katta qiziqish uygʻotdi.

Markaz faoliyati va nashrlarining xorijdagi bu kabi taqdimotlari mamlakatimizda diniy maʼrifat sohasiga qaratilayotgan eʼtibor hamda ilmiy xodimlar mehnati samarasini xalqaro miqyosda keng targʻib qilishga xizmat qiladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

XALQU AFʼOLIL IBOD

📚 Kitob nomi: XALQU AFʼOLIL IBOD 👤 Muallif: Imom Buxoriy ✅️Ushbu kitob Imom Buxoriyning “Xalqu …