Home / FOTO LAVHALAR / Turkiyada malaka oshirish kursi boshlandi

Turkiyada malaka oshirish kursi boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Ravshan Elmurodov Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida malaka oshirish oʻquvini boshladi.

Islom tafakkuri instituti tomonidan “Movarounnahr uchinchi yozgi seminarlari” doirasida tashkil etilgan ilmiy dasturda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Hadis ilmi maktabi ilmiy xodimlari ham ishtirok etmoqda.

Institutning professor-oʻqituvchilari tomonidan arab va turk tillarida oʻtilayotgan darslarda tadqiqotchilarga usulul fiqh, usulul hadis, mantiq, islom falsafasi, Movarounnahr olimlarining ilm-fan sohasidagi yutuqlari borasida batafsil maʼlumot berilmoqda.

Malaka oshirish jarayonida tadqiqotchilar uchun Turkiyaning koʻplab universitetlari va ziyoratgohlariga ilmiy safarlar uyushtirish rejalashtirilgan.

Ilmiy xodimlarning oʻquv amaliyoti bir oy davom etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

OʻZBEKISTON DELEGATSIYASI TURKIYA TAJRIBASINI OʻRGANMOQDA

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxalikov boshchilik qilayotgan delegatsiya muzeylarga boʻlgan …