Home / FOTO LAVHALAR / Yurtimizning turizm salohiyati targʻiboti

Yurtimizning turizm salohiyati targʻiboti

 Indoneziyaning “TRANS7” telekanali ijodiy guruhi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Jejak al-Quran” (“Qurʼon izlari”) nomli koʻrsatuvning navbatdagi sonini tasvirga oldi.

Koʻrsatuvning ushbu soni Oʻzbekistonga bagʻishlangan boʻlib, unda mamlakatimizdagi obidalar va diqqatga sazovor joylar, movarounnahrlik buyuk mutafakkirlar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Bahouddin Naqshband va boshqa koʻplab olimlar qoldirgan boy maʼnaviy meros haqida soʻz boradi.

Teledasturning Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosiga oid qismi Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev ishtirokida suratga olindi. Unda alloma hayotining barcha bosqichlari hamda ilmiy faoliyati haqida atroflicha maʼlumot berildi.

2001-yilda tashkil etilgan va Indoneziyadagi eng mashhur 10 ta telekanaldan biri hisoblanadigan “TRANS7” telekanali bugungi kunda 100 million tomoshabinlar auditoriyasiga ega.

Telekanal ijodkorlari mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatini targʻib qilish boʻyicha qator loyihalarni amalga oshirishda davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …