Avval xabar qilinganidek, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 18-may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.
Markaz rahbariyati va ilmiy jamoasi bilan muloqot va muzey bilan tanishuvdan soʻng oliy martabali mehmon Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.
Unda Anvar Ibrohim Imom Buxoriy siymosiga koʻrsatilayotgan ulkan ehtirom uchun Oʻzbekiston Prezidenti va hukumatiga minnatdorlik bildiradi.
“Hammamiz uchun qadrli boʻlgan buyuk Imom Buxoriyni xayrli amallar bilan sharaflab, xotirasiga hurmat bajo keltirayotgan Oʻzbekiston Prezidenti va hukumatiga chuqur minnatdorlik izhor etaman.
Alloh subhonahu va taolo barcha saʼy-harakatlarimizning ajrini bersin”.