Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyat mintaqaviy filialida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Buxoro, Navoiy, Jizzax va Samarqand viloyatlarida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar qatnashgan tadbirda Markaz boʻlim boshligʻi Shukrullo Umarov aholini, xususan, yoshlarni boy tarixiy, milliy va diniy anʼanalarimizga yot boʻlgan illatlar taʼsiridan saqlash, terrorizm, diniy aqidaparastlik, missionerlikka qarshi kurashish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar taʼsirchanligini oshirishga oid amaliy tavsiyalar bilan oʻrtoqlashdi.
Markaz ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov islom olamida munosib oʻrin tutgan allomalarimiz hayoti va ilmiy merosini bugungi avlod vakillari uchun namuna sifatida keng targʻib qilishning hayotiy ahamiyati haqida soʻzlab, yigʻilganlarni Markaz tomonidan nashr etilgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirdi.
Tadbir qatnashchilari bildirilgan mulohazalar joylarda amaliy ish samaradorligini yanada oshirishda qoʻl kelishini taʼkidladi.