Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZ KITOBLARI OLMONIYADA TAQDIM ETILDI

MARKAZ KITOBLARI OLMONIYADA TAQDIM ETILDI

Germaniyadagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamda Qoʻlyozma madaniyatini oʻrganish markazi ilmiy tadqiqotchilari va talabalari uchun Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti oʻtkazildi.

Taqdimot chogʻida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, ayni paytda Germaniyada amaliyot oʻtayotgan Barot Amonov Markaz faoliyati, ilmiy xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan izlanishlar, tarjima qilinayotgan kitoblarning ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Yurtimizda ilm-fanga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, ilmiy markazlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

TASAVVUF TARIXINI TADQIQ ETISHDAGI YANGI YONDASHUV VA USLUBLAR

📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va …