Home / FOTO LAVHALAR / MAHALLALARDA DINIY BAGʻRIKENGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK

MAHALLALARDA DINIY BAGʻRIKENGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK

Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni keng targʻib etish bugungi kunning muhim va dolzarb mavzusiga aylanmoqda. Ayni mavzuda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari tomonidan Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish oʻquv kursida  viloyatning turli tumanlaridan kelgan 25 nafar MFY raislari ishtirokida oʻquv-seminar oʻtkazildi.

 Oʻquv-seminar “Mahalla raislari tomonidan mahallalarda ijtimoiy maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar» mavzusida boʻlib oʻtdi. Bunda MFY raislari tomonidan mavzu doirasida olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, ularni yanada rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek,  davlatimiz tomonidan mahallalar ishini yanada takomillashtirish, ularga qoʻshimcha imkoniyat va imtiyozlar berilayotgani toʻgʻrisida ham soʻz yuritildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …