Home / FOTO LAVHALAR / TARGʻIBOT TADBIRLARI SURXONDARYO VILOYATIGA KOʻCHDI

TARGʻIBOT TADBIRLARI SURXONDARYO VILOYATIGA KOʻCHDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Surxondaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari va oʻrta-maxsus islom bilim yurtlarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarini boshladi.

Ilmiy xodimlar dastlab Termiz davlat universitetida boʻlib, talaba-yoshlar bilan islomning tinchlikparvar gʻoyalari, turli oqimlarning axborot xurujlari, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishning salbiy ijtimoiy va huquqiy oqibatlari haqida suhbat qurdi. Uchrashuvda osuda hayotimizni koʻrolmayotganlar urchitayotgan bu illatlarni eʼtibordan chetda qoldirmaslik, ularga qarshi ilm va maʼrifat bilan kurashish zarurligi taʼkidlandi.

Tadbir doirasida Markaz nashrlari taqdimoti va “Imom Buxoriyni bilasizmi?” mavzusida viktorina oʻtkazilib, gʻoliblar ilmiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.

Xuddi shunday tadbir Termiz muhandislik-texnologiya institutida ham tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …