Home / FOTO LAVHALAR / SHUKRONALIK – ULUGʻ XISLAT

SHUKRONALIK – ULUGʻ XISLAT

Samarqand garnizonidagi harbiy qismda xizmatchilar uchun “Shukronalik soati” oʻtkazildi.

Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Tohir Evadullayev “Neʼmatlarga shukr qilish fazilati” mavzusida maʼruza qilib, mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan tub islohotlar samarasi, diniy eʼtiqod va vijdon erkinligini taʼminlashning huquqiy asoslari hamda alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini izchil oʻrganish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida soʻzladi.

Uchrashuvda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va millatlararo totuvlik kabi bebaho neʼmatlarni qadrlash, omonlik va farovonlik uchun shukrona tuygʻusi bilan yashash, oilalar mustahkamligini taʼminlash, yoshlar taʼlimiga jiddiy eʼtibor qaratish muhimligi qayd etilib, komil inson va har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalashda gʻoyaviy boʻshliqqa yoʻl qoʻymaslik, vayronkor mafkura va axborot xurujlariga munosib qarshi tura olishga oid muhim ilmiy va amaliy tavsiyalar berildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …