Avvalroq Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning Michigan kutubxonasida (AQSH) saqlanayotgan “Al-Jomeʼ as-sahih” asarining birinchi va ikki nusxasi bilan tanishgan edik. Quyida ushbu asarning uchinchi nusxasi haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtamiz.
Kitobning bu nusxasi ham “Vahiyning boshlanish kitobi” bobidagi 1-hadisdan boshlanib, “Duolar kitobi” bobidagi 7563-hadis bilan nihoyalangan.
Kitob toʻliq holatda, yaxshi saqlangan.
Basmala (67b).
Asar boshi (v. 67b):
باب كَيْفَ كَانَ بَدْءُ الْوَحْيِ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَقَوْلُ اللَّهِ جَلَّ ذِكْرُهُ إِنَّا أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ كَمَا أَوْحَيْنَا إِلَى نُوحٍ وَالنَّبِيِّينَ مِنْ بَعْدِهِ حَدَّثَنَا الْحُمَيْدِيُّ …
Asar oxiri (v. 695a):
… قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَلِمَتَانِ حَبِيبَتَانِ إِلَى الرَّحْمَنِ خَفِيفَتَانِ عَلَى اللِّسَانِ ثَقِيلَتَانِ فِي الْمِيزَانِ سُبْحَانَ اللَّهِ وَبِحَمْدِهِ سُبْحَانَ اللَّهِ الْعَظِيمِ.
Bibliografiya: Brock, GAL, I, 164; S I, 261 ; EI2 I/296-297; GAL I/157-160 S I/260-265; GAS I/115-134; Hajji Khalifah II/512-541, no. 3908; Kahhalah IX/52-53; Zirikli VI/34; R.L. V5.P, I, 8.
Kolofon (v. 695a):
وقع الفراغ بعون الله وحسن توفيقه من كتابة الصحيح البخاري وقت الضحي فى اليوم السابع و العشرين من شهر رجب الفرد سنة سبع و ستين و مائة والف من هجرة من له العزة و الشرف على يد اضعف العباد احوجهم الى كرم الله يوم الثتاذ السيد الحاج محمد بن السيد الحاج پیرى لطف الله بها واعده بره عليهما والحمد الله على التمام و علي نبيه الصلاة و السلام ١١٦٧
Koʻchirilgan yili (v. 695a): hijriy 17 rajab, 1167, milodiy 1754 yil, 22 may.
Xattot (v. 695a): Sayyid Hoji Muhammad ibn Sayyid Hoji Piriy Lutfulloh.
Hijoziy nasx. 695 varaq. (v.1b -695a); 25 qator; mistara; poygir; siyohi qora; +1b v. unvonli, zarhal naqsh bilan bezatilgan; bob va fasl nomlari qizil siyohda; matn malla rang, tilla ramka ichiga olingan; hoshiyasida sharh, toʻldirmalar bor; sharq qogʻozi; kurrosa 8; matn oʻlchami: 200´130 mm.; varaq oʻlchami: 300´250 mm.; varaqlar sharqona raqamlanmagan. Qoʻlyozma 1924 yili Qohira shahrida sotib olingan boʻlib, Abdulhamid II ning shaxsiy kolleksiyasida boʻlgan.
Muqova: qizil rangli, bosma naqshli, turunj va lola, tilla bilan bezatilgan gʻilofli, sharq muqovasi. Tayakisi charmdan.
Qoʻlyozmaning holati: taʼmirlangan, yaxshi saqlangan.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy–tadqiqot markazi ilmiy xodimi
Bulgʻor islom akademiyasi magistranti