Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat targʻibot guruhi Jizzax viloyati tumanlarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida turkum tadbirlar oʻtkazmoqda.
Paxtakor tumanidagi “Dilorom”, “Gʻalaba” va “Paxtakor” MFYlarda tashkil etilgan tadbir erkin muloqot tarzida oʻtdi.
Tumandagi “Samarqand” va “Oqbuloq” MFYlarda mahalla ahliga mavzu yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Sharof Rashidov tumani “Xayraobod” MFY dagi tadbirda ham asosiy eʼtibor axborot xurujlariga qarshi kurash choralariga qaratildi.