Home / FOTO LAVHALAR / TARGʻIBOT ISHLARI NUROTADA DAVOM ETMOQDA

TARGʻIBOT ISHLARI NUROTADA DAVOM ETMOQDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosidagi targʻibot tadbirlarini bu safar Navoiy viloyatining Nurota tumanida tashkil etdi.

“Oqmachit” MFYda mahalla ahli oldida islom dinining jamiyatda birodarlik va mehr-oqibatga tayangan asl taʼlimotlari va qonunlari haqida maʼruzalar qilindi.

“Turko” MFYda yigʻilganlarga islomning odamlarni eng yuksak fazilatlarga chorlovchi insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, halollik, boshqa dinlarga ehtirom gʻoyalari xususida maʼlumotlar berildi.

“Eshon Sudur” MFYdagi tadbirda islomofobiya shiorlari ostidagi axborot xurujlarining gʻarazli maqsadlari qattiq qoralandi. Ularning oldini olish yoʻl-yoʻriqlari borasida mulohazalar bildirildi.

“Amir Temur” MFYda targʻibotchilar islomdagi jihodning asoslarini tavsiflab, uning asl mohiyati tinchlik ekanini ilmiy asoslab berdi.

Ogohlikka daʼvat etuvchi barcha tadbirlar qizgʻin savol-javob va munozaralar bilan oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …