Bir hadis sharhi
Maxluqotlarni yaratgan Alloh taolo ularni yolgʻiz tashlab qoʻymay, balki rahmat elchilarini yubordi. Paygʻambarlarning vazifasi odamlarni jaholat zulmatidan ilm va imon nuriga chiqarishdan iborat boʻlgan. Ular noshukrlik qilgan bandalarni Allohning azobidan ogohlantirgan va moʻminlarga Uning mukofoti haqida xushxabar bergan.
Bu elchilarning oxirgisi Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam boʻlib, Alloh u zotni butun bashariyatga yubordi. Bu haqda Rahmon zot bunday degan:
﴿قُلْ يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُمْ جَمِيعًا﴾
“Siz: “Ey odamlar, albatta, men sizlarning barchangizga Allohning Paygʻambaridirman, deb ayting” (Aʼrof surasi, 158-oyat). Haq taolo Paygʻambarimiz alayhissalomning hayot tarzlarini odamlar uchun oʻrnak qilib qoʻygan. Alloh taoloorada o oʻrnak qilib koʻrsatgan “bbbbtro bu boradi:
﴿لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ وَذَكَرَ اللَّهَ كَثِيرًا ﴾
“Batahqiq, sizlar uchun – Allohdan va oxirat kunidan umidvor boʻlganlar uchun va Allohni koʻp zikr qilganlar uchun Rasulullohda goʻzal oʻrnak bor edi”, degan (Ahzob surasi, 21-oyat). U zot faoliyatlarining yorqin tomonlaridan biri taʼlim berishlaridir. Bu buyuk bir jihat boʻlib, uning foydasi keyingilarga taʼsiri katta boʻlgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taʼlim berishda odamlarning eng mukammali edilar. Hidoyat yoʻlini koʻrsatish, dunyo va oxiratda manfaatli boʻladigan narsaga boshlash uchun sahobalariga yuzaga kelayotgan vaziyatlarni sharhlab, hikmatli misollar orqali tushuntirib berardilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan taʼlim jarayonida nimalarga eʼtiborli boʻlish lozimligi haqida quyidagi hadisni keltirib, qisqacha sharhlab oʻtamiz:
عَنْ أَبِى وَاقِدٍ اللَّيْثِىِّ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بَيْنَمَا هُوَ جَالِسٌ فِى الْمَسْجِدِ وَالنَّاسُ مَعَهُ ، إِذْ أَقْبَلَ ثَلاَثَةُ نَفَرٍ ، فَأَقْبَلَ اثْنَانِ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَذَهَبَ وَاحِدٌ ، قَالَ فَوَقَفَا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَمَّا أَحَدُهُمَا فَرَأَى فُرْجَةً فِى الْحَلْقَةِ فَجَلَسَ فِيهَا ، وَأَمَّا الآخَرُ فَجَلَسَ خَلْفَهُمْ ، وَأَمَّا الثَّالِثُ فَأَدْبَرَ ذَاهِبًا ، فَلَمَّا فَرَغَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ أَلاَ أُخْبِرُكُمْ عَنِ النَّفَرِ الثَّلاَثَةِ أَمَّا أَحَدُهُمْ فَأَوَى إِلَى اللَّهِ ، فَآوَاهُ اللَّهُ ، وَأَمَّا الآخَرُ فَاسْتَحْيَا ، فَاسْتَحْيَا اللَّهُ مِنْهُ ، وَأَمَّا الآخَرُ فَأَعْرَضَ ، فَأَعْرَضَ اللَّهُ عَنْهُ.
Aby Voqid Laysiydan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlar bilan birga masjidda oʻtirgan edilar. Birdan uch kishi kirib keldi. Ikkitasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomon yurdi, bittasi esa ketib qoldi. U ikkovi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tepalarida turib qoldi. Bittasi davrada boʻsh joyni koʻrib, oʻsha yerga oʻtirdi. Narigisi odamlarning orqa tarafiga oʻtirdi. Uchinchisi esa ortiga qaytib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suhbatlaridan forigʻ boʻlgach: “Sizlarga uch kishi haqida xabar beraymi? Ularning biri Allohdan boshpana coʻpadi, Alloh ham unga boshpana berdi. Narigisi hayo qildi, Alloh ham undan hayo qildi. Boshqasi esa yuz oʻgirdi, Alloh ham undan yuz oʻgirdi”, dedilar” (Buxoriy, Muslim, Nasoiy, Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilgan).
Hadisdan koʻrinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinadagi masjidda odamlar bilan ilmiy suhbat qurib, taʼlim berayotgan edilar. Birdan uch kishi kirib keldi. Ikkitasining ilmga ragʻbati borligi uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomon yurdi. Ulardan biri halqa boʻlib oʻtirgan sahobalar orasidan boʻsh joy topib oʻtirdi. Yana biri oʻtirganlarning orqasiga borib joylashdi. Uchinchisi ilmga qiziqmagani uchun masjiddan chiqib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qurʼon, sharʼiy va boshqa ilmlar haqidagi ilmiy suhbatlarini tugatgach, oʻsha uch kishi haqida xabar berishni lozim topib: “Sizlarga uch kishi haqida xabar beraymi?” dedilar va uch gap aytdilar.
“Ularning biri Allohdan boshpana coʻpadi, Alloh ham unga boshpana berdi”.
Boʻsh joy topib oʻtirgan odam Rasululloh sallallohu alayhi vasallam huzurlarida oʻtirishni ixlos bilan niyat qilgan edi, Alloh ham unga shuni oson qildi. Paygʻambarining majlisidan oʻrin berdi. Baʼzi allomalar uni Paygʻambari sollallohu alayhi vasallamning joyiga yaqinlashtirdi, degan boʻlsa, ayrimlar taxti soyasidan joy berdi, degan.
“Narigisi hayo qildi, Alloh ham undan hayo qildi”.
Ikkinchisi halqa orasiga oʻzini urishdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalaridan tortinib hayo qildi, odamlarni bezovta qilishni istamadi. Baʼzi allomalar ilm majlisini tark etishdan hayo qilib oʻtirdi, degan. Shuning uchun Alloh uni birinchi odamga bergan darajada boʻlmasa ham savobsiz qoldirishdan hayo qildi.
“Boshqasi esa yuz oʻgirdi, Alloh ham undan yuz oʻgirdi”.
U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ilm majlislaridan uzoqlashdi. Shuning uchun Alloh undan yuz oʻgirdi. Unga shunday solih va pok odamlar bilan birga oʻtirishga imkon bermadi.
Hadisi sharifdan olinadigan foyda va odoblar: hayoning Alloh taolo uchun sobitligi, maxluqotning maxluqotdan hayosi kabi emasligi, balki komil hayo nazarda tutilgani; kim ilm va unga oid yigʻinlarga borib, keyin undan yuz oʻgirsa, Alloh ham undan yuz oʻgirishi. Alloh kimdan yuz oʻgirsa, Uning gʻazabiga duchor boʻlishi; hech kimni joyidan qoʻzgʻatmay boʻsh joyga oʻtirishi; hayoni madh etish va hayoli kishini maqtash; ilmga ragʻbati boʻlmaganlarni qoralash.
Alloh taoloning huzuridan boshpana topmoqchi boʻlsak, hayotimiz yanada mazmunli va maʼnoli boʻlishini istasak, ilmga ragʻbat qilishimiz zarur ekan. Chunki ilmsiz na xotirjamlikka va na taraqqiyotga erishib boʻladi.